21:27 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
315 0 0

Endilikda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbariyati oʻz xodimlarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga propiskaga kiritish boʻyicha iltimosnoma kirita oladilar.

TOSHKENT, 19 fev — Sputnik. Qayd etilishicha, hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.

Unga koʻra rahbarlari xodimlarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari roʻyxatiga Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ham kiritilgan.

Bundan tashqari, davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash, ularni moddiy ragʻbatlantirishga doir ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlangan Prezident va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan majburiy tartibda kelishiladi.

Shuningdek, Prezident yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan davlat organlari va tashkilotlarining tashkiliy-shtat tuzilmalarini oʻzgartirish masalalariga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ham shu jumlasidandir.

Asosiy mavzular