FHDYo adliya tizimiga o‘tadi

© Sputnik / Mixail Markiv / Mediabankka o‘tishSeremoniya brakosochetaniya
Seremoniya brakosochetaniya  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident farmoni bilan 2020-yil 1-apreldan boshlab FHDYo organlari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi.

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan 2020 yil 1-apreldan boshlab, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi.

Obrazes zapolneniya svidetelstva o rojdenii - Sputnik O‘zbekiston
FHDYo shakllarini to‘ldirish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi

Bunda, agentlikka FHDYo organlarining ishini tizimli nazorat qilish, malakali kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, huquqni qo‘llash amaliyotini muvofiqlashtirish, “FHDOning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish va FHDYo organlarining hududiy arxivlariga rahbarlik bo‘yicha funksiyalar yuklanadi.

Farmon bilan Mamlakatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni samarali joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mahalla tizimini rivojlantirish va jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy etishning 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0