O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda

Obuna bo‘lish
Davra suhbatida mutaxassislar O‘zbekistonda SI rivojlanish konsepsiyasini yaratishda hamkorlik istiqbollari yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar qildi.

Vazirlikda tashkilotlar, idoralar hamda tadbirkorlar ishtirokida ushbu konsepsiya va yo‘l xaritasini ishlab chiqish maqsadida davra suhbati bo‘lib o‘tgan.

Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarovning so‘zlariga ko‘ra, Jahon Intellektual mulk tashkilotining 2019-yil e’lon qilgan ma’lumotiga ko‘ra, 1960-yildan 2018-yilga qadar sun’iy intellekt bilan bog‘liq 340 000 ta patent olingan va 1 636 649 ta ilmiy maqolalar chop etilgan. 2002—2017 yillar oralig‘ida sun’iy intellekt sohasida chop etilayotgan maqolalarning yillik o‘sish sur’ati 5.6% ni tashkil etmoqda, olingan patentlar sonining yillik o‘sish sur’ati esa qariyb 28% ni tashkil etadi.

Shavkat Mirziyoyev  vstretilsya s merom goroda Nagoi Takasi Kavamuroy. - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Nagoya yuqori texnologiyalar parki tashkil etiladi

“2030 yilga kelib SIning global iqtisodiyot YaIMga qariyb 15 trillion dollar kiritishi taxmin etilmoqda. Quvonarli jihati shundaki, davra suhbati davomida mamlakatimizda sun’iy intellektni rivojlantirish va ushbu sohada ilg‘or mamlakatlar qatoridan joy olishimiz uchun fundamental va amaliy asoslar mavjudligi yaqqol ko‘rindi”, — dedi Nazarov.

Seminar yakunlariga ko‘ra iqtisodiyotga sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etishning navbatdagi qadamlari yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Taklif etilgan tashkilotlar vakillari O‘zbekistonda SI rivojlanish konsepsiyasini yaratishda hamkorlik istiqbollari yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

Tadbir yakunida Fanlar akademiyasi, oliy ta’lim muassasalari vakillari, startap loyihalar asoschilari, tadbirkorlar, xususiy kompaniyalar, shuningdek sun’iy intellekt sohasidagi taklif etilgan ekspertlar ishtirokida forsayt tashkil etishni taklif qilindi.

Yangiliklar lentasi
0