Moskvada bolani tashlab ketgan o‘zbekistonlik ayolning advokati ushbu qilmish sababini aytdi

Obuna bo‘lish
Bir necha kun oldin O‘zbekiston fuqarosi ikki oylik bolasini Moskva shahridagi “Park Pobedi” metro bekati oldidagi qor ustida qoldirgan edi. Ayolning advokati uning bu ishga qo‘l urishiga nima majburlaganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 20 fev - Sputnik. Moskvada metro yaqinida ikki oylik bolasini qor ustida qoldirgan o‘zbekistonlik ayolning advokati ushbu qilmishning sabablari to‘g‘risida so‘zlab berdi. Bu haqda RT Telegram-kanalida xabar qilindi.

Advokat Aleksandr Timoshenkoning ta’kidlashicha, ayol bolani boqish imkoniyatiga ega emasligi sababli bu ishga qo‘l urgan.

Timoshenkoga ko‘ra, uning mijozi Maftunaxon Karimova zolim otasidan qochib ketgan. Rossiyada homilador bo‘lgan. Biroq, bolaning otasi uni tashlab ketgan. Karimova Naro-Fominskka borgan. Ayol muddatidan ilgari farzandini dunyoga keltirgan va tashqi yordamga umid qila olmagani bois darhol ish qidirishga tushib ketadi.

“Barcha pullarni joy uchun, oziq-ovqat va o‘g‘li uchun dori-darmonga sarflagan. Lekin baribir pul yetmas edi”, - deydi advokat.

Zasedanie Soveta Federatsii RF - Sputnik O‘zbekiston
Moskva metrosida farzandini tashlab ketgan ayol qo‘lga olindi – video

Uning so‘zlariga ko‘ra, Karimova qo‘lida bolasi bilan har qanday ish bilan shug‘ullangan, hatto eng qiyini bilan ham: ayol qurilish maydonlarida, baliq sexida va do‘konda ham ishlagan.

Advokatning ma’lum qilishicha, dastlab o‘zbekistonlik ayol o‘zi tuqqan kasalxonadan yordam so‘rab murojaat qilgan. Qolaversa, u o‘g‘lini bolalar uyiga joylashtirishga harakat qilgan. Biroq Karimovani u yerga kiritishmagan. Ayol umidsizlanib Moskvaga borishga qaror qilgan, shu bilan birga u rus tilini bilmagan va yordam so‘rab qayerga borishni bilmagan.

“O‘g‘li doim ochlikdan qichqirar edi. Abgor holatda Karimova tanishidan uni Moskvaga olib borishini so‘ragan. U metro soat beshda ochilishini eslardi, u yerda odamlar bo‘lardi", - deb yozdi advokat.

Ayolning o‘zi bolani shunchaki qorda qoldirmoqchi bo‘lganini aytdi.

Karimova 12-aprelgacha hibsga olingan. Ayol o‘z aybini to‘liq tan oldi. Ushbu holat bo‘yicha Rossiya Jinoyat kodeksining 125-moddasi “Xavf ostida qoldirish” bilan jinoiy ish ochilgan.

Bolaning mutlaqo sog‘lom ekanligi aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0