Ekspertlar: to‘ylar borasida kimo‘zarlik - ma’nan qashshoq odamlarga xos

CC0 / Unsplash / Nick Fewings / Svadebnoe ukrashenie na mashiyen
Svadebnoe ukrashenie na mashiyen - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda dabdabaga aylanib ketgan to‘ylarni kamxarj qilib o‘tkazish masalasi tez-tez o‘rtaga tashlanib, qizg‘in muhokama qilinib kelinmoqda

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning iyul oyida Olmazor tumani faollari bilan yig‘ilishda dabdabali to‘ylar masalasiga to‘xtalgan va bunday marosimlarni hech kim o‘z maoshi evaziga qilmasligini, bu esa, og‘ir ahvolda kun kechirayotgan aholi g‘azabini keltirishi mumkinligini aytgan edi.

To‘ylar muborak! - Sputnik O‘zbekiston
Arzon to‘ylar muborak !

Davlat rahbarining ushbu so‘zlaridan keyin mamlakatdagi mutasaddi idoralar harakatga tushib ketdilar. Xususan, respublikada keng ko‘lamda to‘y kortejlarini jarimaga tortish ishlari boshlab yuborildi.

Va nihoyat, 2019-yilning oktabriga kelib, Oliy Majlis tomonidan to‘y va boshqa marosimlar qonun kuchiga tenglashtirilgan nizom bilan tartibga solinishi e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, endilikda O‘zbekistonda ma’raka va marosimlarga 200, osh marosimiga 250 nafardan ortiq kishini taklif qilish hamda yosh kelin-kuyovni FHDOga olib boradigan kortej uchta yengil mashinadan iborat bo‘lishi belgilandi hamda jamoatchilik xavfsizligi uchun xavf tug‘diradigan boshqa transport vositalaridan foydalanish qat’iyan ta’qiqlandi.

Undan tashqari, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar soat 06:00 va 23:00 oralig‘ida o‘tkazilishi belgilanib,  bir kundan ortiq nishonlash (dafn etish marosimi bundan mustasno) qat’iy man etildi.

Gosti tansuyut na uzbekskoy svadbe - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda to‘ylar bir xil csenariy asosida o‘tkaziladimi – Sayfullayev javobi

To‘y va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risidagi nizom e’lon qilindi >>>

Shuningdek, nizom bilan milliy an’analarga yot, odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan turli shou, qo‘shimcha rasm-rusumlar ("kelin navkari", "chorlar", "ota ko‘rdi", "sep yoydi", "quda chaqirdi", "kuyov chaqirdi", "kelin chaqirdi", "tog‘ora yuborish", "pul sochish" va hokazolar) bekor qilindi.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri O‘zbekistondagi mutasaddi rahbarlarning dabdabali to‘ylar haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

© Press-slujba Ministerstva kulturi UzbekistanaSenator Oliy Majliasa Baxtiyor Sayfullayev
Ekspertlar: to‘ylar borasida kimo‘zarlik - ma’nan qashshoq odamlarga xos - Sputnik O‘zbekiston
Senator Oliy Majliasa Baxtiyor Sayfullayev

- Ochig‘i, to‘ylarning kamxarajat, tartibli o‘tkazilishi masalasi bundan yuz yillar oldin ham dolzarb bo‘lgan va bu borada kuyunib gapirilgan. Agar yaqin o‘tmishga murojaat qiladigan bo‘lsak, jadidchi bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy "Oila" jurnalining 1915-yildagi nashrida shunday deganlar: "To‘y va ta’ziyag‘a sarf qiladurg‘on oqchalarimizni biz ilm va din yo‘lig‘a sarf etsak, Ovro‘polardek taraqqiy etarmiz va o‘zimizda, dinimizda obro‘y va rivoj toparmiz. Yo‘q, hozirg‘i holimizda davom etsak, din va dunyog‘a zillat va miskinatdan boshqa nasibamiz bo‘lmaydi". Ayniqsa, hozirgi vaqtda to‘ylarimiz na Yevropa va na Osiyo to‘ylariga o‘xshaydi, qanaqadir bachkanavozlikdan nariga o‘tmay qoldi va shuning uchun ham qo‘shma qaror qabul qilindi, - dedi O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev.

Svadebnie kolsa - Sputnik O‘zbekiston
Dabdabaning dabdalasi: dabdabaga qarshi qonun qabul qilinadigan vaqt keldi

Senator fikricha, bir asr oldin o‘zbek millatini taraqqiyotdan to‘ydagi ortiqcha dabdaba, afsuski, hozirga kelib, yana avj olgan. Ayrim fuqarolar dabdabali to‘y marosimlar va ularni o‘tkazishga sarflangan katta harajatlar oqibatida, qarzga botib qolmoqda. Yoki bo‘lmasa, chetga chiqib, mehnat qilib, katta qiyinchilik bilan topgan pulini, vataniga qaytgach bitta to‘yga bir zumda sarflab yubormoqda. Ya’ni pul topish yo‘lini o‘rgangan shaxs, ma’naviy jihatdan qashshoqligicha qolmoqda va obro‘-e’tibor tanqisligi o‘rnini "kimo‘zar"ga aylangan, dabdabali to‘y va boshqa marosimlar bilan qoplashga urinmoqda.

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Dilorom Toshmuhammedova esa bugungi kunda fuqarolarda "orzu-havas" tushunchasi shunchaki bahonaga aylanib qolganiga urg‘u berdi.

"Ayniqsa, ayollarimiz orasida mana shu "orzu-havas"ga intilish, u yoki bu jarayonni ko‘z-ko‘z qilish va o‘z oilasining ijtimoiy maqomini shu orqali ko‘tarish holatlari afsuski, ko‘plab uchramoqda. To‘ylar borasida fuqarolarimiz fikrlarini o‘rganganimizda, ba’zi oilalarda to‘ydagi "oldi-berdi"lar masalasi majburiyatdek bo‘lib qolganligi va bu majburiyat bajarilmasa, qaysidir taraf o‘zini kamsitilib qolgandek his qilishini eshitdik", - deydi Toshmuhammedova.

Gosti tansuyut na uzbekskoy svadbe - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda to‘ylar bir xil csenariy asosida o‘tkaziladimi – Sayfullayev javobi

Shuningdek, o‘rganishlar jarayonida aksariyat yangi hayot ostonasida turgan yoshlarda ertangi kun to‘g‘risida aniq fikr shakllanmaganligi aniqlangan.

"Ba’zi yoshlarimiz o‘z oldiga oddiy maqsadni qo‘yishni bilmasliklari guvohi bo‘ldik. Ular uchun go‘yo to‘y - bir majburiyat, ya’ni "Otam to‘yimni ko‘rsin, onam to‘yimni ko‘rsin" qabilidagi. Yoshlarimiz oilani tartiboti qanday, oila qanday quriladi, oila iqtisodiyoti nimadan iborat, degan tushunchalarni to‘liq anglab yetmagan holda, to‘yga harakat qilishmoqda", - dedi Toshmuhammedova.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov nega to‘ylar masalasi Senat darajasiga ko‘tarilganiga izoh berib, ijtimoiy tarmoqlarda bo‘layotgan qizg‘in bahs-munozaralarga o‘z munosabatini bildirdi.

Sherzod Qudratxo‘jayev - Sputnik O‘zbekiston
"To‘ylar muborak", yohud Dehqonqulga aylanmaylik! - Qudratxo‘jayevning to‘ylar haqida o‘ylari

"Nega bu masala Senat darajasiga ko‘tarildi? Chunki prezident virtual qabulxonasi bo‘ladimi, davlat idoralari, jamoat tashkilotlari bilan bog‘liq uchrashuvlar bo‘ladimi - bu masala eng og‘riqli masala sifatida ko‘p ko‘tarildi. Hammamiz e’tibor berapmizki, 5-6% odam qo‘shtirnoq ichidagi namunali to‘ylarni boshlaydi-da, keyin jamiyatda qolgan odamlar uchun unga yetish og‘riqli masalaga aylanadi. <...> Mana shu qaror chiqqandan keyin, internet va OAVlarni ko‘p kuzatdik. Har kim har-xil talqin qilmoqda. Kimdir, bundanam qattiqroq choralar qabul qilish kerak, desa, yana kimdir to‘y-marosimlari - har kimning o‘zini shaxsiy ishi, unga aralashish insonni haq-huquqlarini poymol etish bilan barobar, deya fikr bildirmoqda. Bir qarashda shaxsiy ko‘ringan masala - nega ijtimoiy masala sifatida talqin qilinayapti? Chunki bu jamiyatning ma’naviy muhitig, jamiyatdagi mezonlar, muvozanat o‘zgarishiga qaysidir ma’noda ta’sir qilayapti", - dedi senator. 

Hojimatov, shuningdek, dinda isrofgarchilik haqida nima deyilganini eslatib o‘tdi.

"Muqaddas dinimiz ko‘rsatmalarida aytilyaptiki: "Kibru-havoga berilib, odamlar meni maqtasin, degan maqsadda yozilgan dasturxon - isrofdur", "Ortiqcha yegan luqmangiz ham isrofdur". Yoki insonni ortiqcha g‘urur va isrof eng katta xatolarga boshlashi ham yozilgan. Afsuski, ko‘pincha fikru-yodimiz yig‘inish bilan o‘tib ketib qolayotgandek tuyuladida ayrim holatlarda. Alloh bergan rizqini faqat qorniga va egniga ishlatadiganlardan bo‘lmang!", - dedi o‘z gapi yakunida senator.

Yangiliklar lentasi
0