Prokurorlarning 90 %ining muomalasi yaxshi – Svetlana Artikova

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prokuratura tizimini muhim o‘zgarishlar kutmoqda - kelajakda prokurorlar faqat shikoyat arizasi bo‘lgan ishlarga aralashish huquqiga ega bo‘ladi.

TOShKENT, 21 fev – Sputnik. O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Artikova aytishiga qaraganda respublikadagi prokurorlarning aksariyati odamlarga yaxshi munosabatda. Xalqaro press-klub ma’lumotiga asosan. 

Shaxsan ayta olaman, 90% prokurorlarning muomalasi yaxshi. Ishingiz tushib borganingizdan, ketguningizgacha qo‘li ko‘ksida xizmatingizda turadi. To‘g‘ri, qolgan 10% prokurorlar borki, butun sohaga salbiy ta’sir qilmoqda, - deydi Artikova.

Undan tashqari, bosh prokuror o‘rinbosari halollik vaksinasi barcha davlat xizmatchilariga kerakligi haqida aytib o‘tdi. Artikovaga ko‘ra, korrupsiya holati davlat budjeti bilan munosabatga kirishish jarayonida vujudga kelishi mumkin.

Shuningdek, bosh prokuror o‘rinbosari O‘zbekiston prokuratura tizimida muhim o‘zgarishlar kutilayotgani haqida ham gapirdi. Xususan, eski tartibga ko‘ra prokurorlar fuqarolardan shikoyat arizasi bo‘lmasa xam jinoyat ishini o‘rganishlari mumkin edi. Endi bo‘lsa, faqat fuqarodan shikoyat arizasi bo‘lsagina jarayonga aralashishi mumkin bo‘ladigan tartib yaratilmoqda, deydi Artikova. 

Yangiliklar lentasi
0