Ekologiya bo‘yicha Parij bitimi majburiyatlarini bajarish rejasi tuzildi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn
Povsednevnaya jizn - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekologiya bo‘yicha Parij bitimiga muvofiq, O‘zbekiston, iqtisodiy o‘sishni saqlagan holda 2030-yilga qadar issiqxona gazlari tashlanmalarini 2010-yilga nisbatan 10%ga qisqartirishga harakat qiladi.

TOShKENT, 21 fev – Sputnik. O‘zgidrometda Parij bitimini amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakatlar rejasini tayyorlash bo‘yicha Ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.

Yig‘ilishda Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Transport vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi hamda O‘zgidromet vakillari ishtirok etdi. Ishchi guruh mutaxassislari Milliy harakatlar rejasining dastlabki variantini taqdim qildilar.

“U o‘z ichiga iqtisodiy o‘sishni saqlagan holda issiqxona gazlari tashlanmalarini boshqarish, Parij bitimi talablariga muvofiq yumshatish choralari, iqlim o‘zgarishiga moslashish, shuningdek, inson resurslarini rivojlantirish va iqlimiy investitsiyalarni jalb qilish kabi bo‘limlarni oldi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Parij bitimini ratifikatsiya qildi va bu bilan 2030-yilga kelib issiqxona gazlari solishtirma tashlanmalarini 2010-yildagi darajaga nisbatan YaIM birligiga 10%ga qisqartirish majburiyatini olgan edi.

Yangiliklar lentasi
0