14:28 04 Iyul 2020
Efir
  • RUB145.97
  • EUR11411.48
  • USD10173.38
Jamiyat
Havola olish
277 0 0

Turkmaniston energetika tizimiga tegishli “Mari issiqlik stantsiyasi” va “Serdar” podstantsiyalari oraligʻidagi 500 kVli L-511 havo tarmogʻi favqulotda oʻchishi yuz bergandi.

TOSHKENT, 21 fev – Sputnik. Bugun, soat 16:20 da Turkmanistonning "Mari issiqlik stantsiyasi" va “Serdar” podstantsiyalari oraligʻidagi 500 kVli L-511 havo tarmogʻida sodir boʻlgan nosozlik turkmanistonlik energetiklar tomonidan bartaraf etilib, Oʻzbekistonga elektr energiyasi importi toʻliq hajmda tiklandi. Bu haqda "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Ayni paytda elektr taʼminotidan vaqtincha uzilgan isteʼmolchilarni tarmoqqa qayta ulash ishlari amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, “Oʻzbekgidroenergiya” AJ stantsiyalari ham toʻliq quvvatda faoliyat yuritmoqda.

Asosiy mavzular