22:01 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
115112

Oʻzbekiston Moliya vazirligi rahbari OAV va ijtimoiy tarmoqlarda pensiyaga chiqish yoshi oshirilishi mumkinligi haqida tarqatilgan xabarlarga izoh berdi

TOSHKENT, 22 fev - Sputnik. Oʻzbekiston Moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov mahalliy internet segmentlarida tarqatilgan pensiya yoshining oshirilishiga doir mish-mishlarga izoh berdi.

"Soʻnggi paytlarda internetda va boshqa manbalarda Oʻzbekistonda pensiya yoshi oshirilishi ehtimoli haqida xabarlar paydo boʻlmoqda. Men ularning bir nechtasini shaxsan oʻqidim. Oʻylashimcha, ushbu masalaga oydinlik kiritishning ayni payti: hozirgi davrda pensiya yoshini oshirish koʻzda tutilmagan", - deb yozgan oʻzining Tvitterdagi sahifasida Qoʻchqorov hamda ushbu mavzuda Moliya Vazirligi tomonidan batafsil maʼlumot berilishini qoʻshimcha qilgan.

​Sal oldin Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan pensiya yoshi oshirilganligi toʻgʻrisidagi xabarlarga munosabat bildirgan edi.

Qayd etilishicha, hozirda xorijiy mamlakatlarda pensiya taʼminotini, shu jumladan 3 bosqichli taʼminoti pensiya tizimini tashkil qilish tajribalari oʻrganilmoqda. Ishlab chiqilayotgan Kontseptsiya loyihasida aholini ijtimoiy himoya mustahkamlashga xizmat qilib, asosiy eʼtibor pensiya miqdorini oshirishga, iqtisodiy faol aholini ijtimoiy sugʻurta tizimi orqali qamrovini kengaytirishga qaratiladi.

Asosiy mavzular