03:50 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
149 0 0

Qaror bilan tashqi reklama obʼyektlarini oʻrnatish taqiqlangan hududlar belgilandi. Jumladan, trotuar va piyodalar yoʻlaklarida tashqi reklama obʼyektlarini oʻrnatish taqiqlanadi.

TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. “Tashqi reklama bozorini tartibga solish toʻgʻrisida”gi Hukumatning 104-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, yer uchastkalaridagi tashqi reklama obʼyektlari uchun 10 yil muddatga, davlat mulki boʻlgan bino va inshootlardagi tashqi reklama obʼyektlari uchun 5 yil muddatga DXMlar orqali reklama joylari pasportlarini berish bir martalik yigʻim summasini toʻlash orqali amalga oshiriladi.

Yer uchastkasiga oʻrnatilgan video ekranli tashqi reklama obʼyektlari uchun koʻrsatilgan muddat qoʻshimcha 10 yil muddatga uzaytiriladi.

Hozirga qadar qonuniy oʻrnatilgan tashqi reklama obʼyektlarini mazkur qaror talablariga moslashtirish uchun 6 oy muddat berildi.

Ushbu muddatda moslashtirilmagan reklama obʼyektlari egalari tomonidan ixtiyoriy ravishda oʻz kuchi bilan olib tashlanadi (aks holda bu ish sud tartibida amalga oshiriladi).

2020 yil 1 martdan boshlab Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish sohasidagi faoliyatning alohida tartibi joriy qilinadi.

Bunda, tashqi reklama obʼyektlarini  yer uchastkalarida joylashtirish huquqi ("E-IJRO AUKSION" orqali) faqat yuqori texnologiyali tashqi reklama obʼyektlariga beriladi.

Qaror bilan tashqi reklama obʼyektlarini oʻrnatish taqiqlangan hududlar belgilandi. Jumladan, trotuar va piyodalar yoʻlaklarida tashqi reklama obʼyektlarini oʻrnatish taqiqlanadi.

Qaror bilan tashqi reklama obʼyektlarini qurish tartibi, qurish uchun beriladigan yer, bino va inshootlar roʻyxatini shakllantirish, qurish huquqini elektron auktsion orqali berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi.

Asosiy mavzular