09:45 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
285 0 0

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimovning soʻzlariga koʻra, “Turizm 365” telekanalini ochish vaqti kelgan, zero ichki turizm bugungi kunda talab darajasida oʻrganilmagan.

TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. Bosh vazir oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov Oʻzbekistonda yangi “Turizm 365” telekanalini tashkil etishni taklif qildi. Bu haqda u gidlar guruhi vakillari bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

Uchrashuvda Aziz Abduhakimov sayohat madaniyatini kishilarga bolalikdan shakllantirish zarurligini taʼkidlab, shu yoʻnalishda dastur tuzish va unga koʻra, yosh sayyohlarga moʻljallangan koʻrsatuvlarni tashkil qilish, maxsus videokurslarni tavsirga olib tarqatish choralari koʻrilishini aytdi.

“Ehtimol, “Turizm 365” telekanalini ochish vaqti kelgandir, zero ichki turizm bugungi kunda talab darajasida oʻrganilmagan”, - dedi Aziz Abduhakimov

Taʼkidlanishicha, qoʻmita tomonidan tezkor maʼlumot almashish imkonini beruvchi yangi loyiha ustidagi ishlar yakunlangan. Bu kelgusida sayyohlik sohasi bilan bogʻliq muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish imkonini beradi.

Shuningdek, bosh vazir oʻrinbosari davlat idoralari, jamoat tashkilotlari va oliy oʻquv yurtlarini birgalikda harakat qilishga chaqirdi, zero oldinga qoʻyilgan maqsadga shu tariqa erisha olish mumkin.

Asosiy mavzular