21:37 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
97 0 0

"YA Begu" marafonidan tushgan xayriya mablagʻlari saratonga chalingan, nogiron bolalar operatsiyasi, dori-darmoni va davolanishiga sarflanadi.

TOSHKENT, 24 fev — Sputnik. Toshkentda “YA Begu” ayollar xayriya marafoni oʻtkaziladi, undan tushgan mablagʻlar saratonga chalingan, nogiron olalar operatsiyasi, dori-davrmoni va davolanishga yoʻnaltiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati maʼlum qilmoqda. 

Qayd etilishicha, marafon joriy yilning 14 mart kuni soat 9:00 dan 13:00 ga qadar Yunusobod tumani, Anhor boʻyi, Minor 1-tor koʻchalarida va Anhor kanali boʻylab oʻtkaziladi.

Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti, "Ezgu amal" jamoat fondi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida tashkillashtirilmoqda.

Marafon aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ommaviy sportni rivojlantirish, yosh avlodning sportga boʻlgan qiziqishini ortirish maqsadida oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular