Andijonda atrof-muhitga zarar yetkazgan sement korxonasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

© GoskomekologiiV Andijane priostanovili rabotu sementnogo zavoda iz-za kachestva vozduxa
V Andijane priostanovili rabotu sementnogo zavoda iz-za kachestva vozduxa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat ekologiya qo‘mitasi Andijonda atrof-muhitga zarar yetkazgan “Sing Lida” MChJ qo‘shma korxonasining faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi.

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Andijon viloyatida “Sing Lida” MChJ qo‘shma korxonasining faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, qo‘mita Andijon viloyati, Asaka tumanida joylashgan “Sing Lida” MChJ QK faoliyatida, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga oid qonun va meyoriy-huquqiy hujjatlar talablari ijrosining ta’minlanishi yuzasidan tekshirish o‘tkazgan.

Tekshirish davrida sement changini ushlash qurilmasining samaradorligi 53,1 foiz (loyiha bo‘yicha 99,9 foiz), 2-manbadagi chang ushlash qurilmasining samaradorligi 60,7 foiz (loyiha bo‘yicha 99,9 foiz)ni tashkil etib, changlarni ushlab qolish samaradorligi past darajada ekanligi aniqlandi.

© GoskomekologiiV Andijane priostanovili rabotu sementnogo zavoda iz-za kachestva vozduxa
Andijonda atrof-muhitga zarar yetkazgan sement korxonasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi - Sputnik O‘zbekiston
V Andijane priostanovili rabotu sementnogo zavoda iz-za kachestva vozduxa

Shu bois aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish, atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish maqsadida bugungi kunda ekologik talablarga javob bermaydigan holatda ishlab turgan klinker tayyorlash pechi va sement tayyorlash tegirmoni uskunalarining faoliyati vaqtincha to‘xtatilib, bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan.

Yangiliklar lentasi
0