“Shaytanat” teleserialida rol ijro etgan taniqli aktor olamdan o‘tdi

CC0 / / Svecha
Svecha  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘aybulla Hojiyev “Uqubat”, “Shabbona”, “Umid”, “Oqpadar” kabi ko‘plab filmlarda turli rollarni ijro etgan. Shuningdek, u “Shaytanat” teleserialida Ahmadbey rolini o‘ynagan.

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. O‘zbek dublyajining eng yorqin vakillaridan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘aybulla Hojiyev 64 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkino” xabar qildi.

Taniqli kino, teatr va dublyaj aktori 1956-yilda Buxoroyi Sharifda tug‘ilgan. 1973-77 yillarda Toshkent davlat San’at institutida tahsil olgan.

1976 yilda Abror Hidoyatov teatrida ish boshlagan. 1987-yildan Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik teatrida faoliyatini boshlagan.

Aktor shoir Azim Suyunning “Sarbadorlar” asarida Abu Bakr Kalaviy, Abdulla Oripovning “Sohibqiron” asarida Hoja Ahmad Yassaviy, Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” spektaklida Solih maxdum, Ibrohim Sodiqovning “Afandining besh xotini” spektaklida Afandi, Hayitmat Rasulning “Piri koinot” spektaklida Ahmad Farg‘oniy, Shekspirning “Qirol Lir” asarida graf Gloster, Aleksandr Kosanoning “Yetti farod” spektaklida Sabalo kabi o‘nlab rangbarang rollar ijro etgan.

© Foto: "Uzbekkino"Zaslujenniy artist Respubliki Uzbekistan Gaybulla Xadjiyev
“Shaytanat” teleserialida rol ijro etgan taniqli aktor olamdan o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston
Zaslujenniy artist Respubliki Uzbekistan Gaybulla Xadjiyev

Og‘ir xastalik tufayli teatrdan ketishga majbur bo‘lgan. Ammo, ijoddan to‘xtamay, turli tele va radio loyihalarda muntazam ishtirok etgan.

G‘aybulla Hojiyev “Uqubat”, “Shabbona”, “Umid”, “Oqpadar” kabi  ko‘plab filmlarda turli rollarni ijro etgan. Shuningdek, u  “Shaytanat” teleserialida Ahmadbey rolini o‘ynagan.

G‘aybulla Hojiyev dubalj sohasida ham samarali mehnat qilgan bo‘lib, aktor ovoz bergan qahramonlar o‘zbek xalqi qalbidan chuqur joy olgan.

Sputnik agentligi marhumning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi.

Yangiliklar lentasi
0