21:28 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
240320

Oʻzbekiston birinchi prezidentining toʻngʻich qizi Gulnora Karimova ushbu masalaga toʻgʻri yondashishdan davlat ham naf koʻrishi mumkin deb hisoblaydi.

TOSHKENT, 26 fev - Sputnik. Gulnora Karimova Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilib, oʻz ozodligi evaziga pullardan voz kechishga tayyorligini maʼlum qildi. Uning ochiq xatini qizi Imon Karimova Instagram sahifasiga joylashtirgan.

Oʻzbekiston birinchi prezidentining toʻngʻich qizi soʻnggi yillarda sogʻligʻiga jiddiy putur yetgani, zudlik bilan jarrohlik amaliyotiga muhtojligini bayon qilgan.

“Oilam va sogʻligʻimni saqlab qolish uchun toʻgʻri sharoitda pul mablagʻlariga nisbatan har qanday daʼvodan voz kechishga tayërman”, - deya yozgan u.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Dlya boleye dostupnogo prochteniya tekst dostupen na stranitse v Facebook #freeguli #uzbekistan

Publikatsiya ot @ iman.k17

Qayd etilishicha, u oilasining ixtiërida qolgan va Shveytsariya banklarida muzlatilgan 686 million dollarni davlat foydasiga berishga tayyor.

Karimovaning soʻzlariga koʻra, sud jarayonga qaramasdan uning har qanday murojaatlarini rad qilmoqda. U ushbu masalaga toʻgʻri yondashishdan davlat ham naf koʻrishi mumkin deb hisoblaydi, zero katta miqdordagi pullar mamlakat uchun zarur boʻlgan insonparvarlik loyihalariga (tibbiyot, taʼlim va boshqa) sarflanishi mumkin.

"Biz farzandlarimiz – uning nabiralari bilan - oradan 7 yil oʻtib, yana oilamiz bilan birga yashashga ishonamiz va buning uchun Sizdan minnatdor boʻlamiz”, - deb soʻzlariga yakun yasagan Gulnora Karimova.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Britaniya OAVlari Gulnora Karimovaning shu kungacha nomaʼlum boʻlgan koʻchmas mulklari roʻyxatini eʼlon qilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular