15:36 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
219 0 0

Yangi sxemani fosh qilishning murakkab tomoni shunda ediki, bu kabi tuzilmalar bilan aloqaga kirishadigan odamlar avval boshdan uzoq vaqt kutishga tayyor boʻlishadi. Firibgarlarga aynan shu holat juda qoʻl keladi

TOSHKENT, 26 fev — Sputnik. Rossiyada odamlarni moliyaviy piramidalarga jalb qilishning yangi sxemalari paydo boʻldi, 3D-printerlar yordamida uylar qurilishiga investitsiya kiritish va sayohat yoʻllanmalari shular jumlasidandir. Bu haqda "Izvestiye" nashriga tayangan holda RIA Novosti xabar bermoqda.

Bank vakilining aytishicha, firibgarlar nostandart yechimlardan foydalangan holda trendlarni yarata boshlaganlar.

"Oʻtgan yili piramidalar asoschilari fuqarolarni 3D-printer yordamida turar-joylar qurilishiga investitsiyalar kiritishga jalb qilgan", — deya taʼkidladi Rossiya Markaziy banki vakili Valeriy Lyax.

Moliyaviy firibgarliklar boʻyicha ekspert Oleg Anisimov esa bunday texnologiyadagi qurilish haqiqatda mavjudligini tasdiqladi. Ammo, gap firibgarlar haqida borar ekan, bu yerda real faoliyat toʻgʻrisida gapirish nooʻrin.

Yangi turdagi firibgarlikning yana bir koʻrinishi - dunyo boʻylab sayohat putyovkalarini bozor narxidan 50% arzonlashtirib sotish hisoblanadi. Rossiya banki maʼlumotiga koʻra, shunga oʻxshash bir qator piramidalar aniqlangan. Ularda taxminan 500 nafargacha ishtirokchilarni sanash mumkin.

"Bunday optsiyaga ega boʻlish uchuye inson har oy tashkilotchi hisobiga kamida yuz dollar oʻtkazishi kerak, va kamida besh nafar tanishi yoki doʻstlarini chaqirishi lozim. Har bir yangi ishtirokchi uchun kelishilgan summadan tashqari ular kiritadigan badaldan foizlar oʻtkaziladi. Mana shu qoidalarga amal qilgan holda mijoz bir yidan soʻng arzon yoʻllanmalarga daʼvogarlik qilishi mumkin edi", - deb aytishdi idorada.

Ushbu sxemani fosh qilishning murakkab tomoni shunda ediki, bu kabi tuzilmalar bilan aloqaga kirishadigan odamlar avval boshdan uzoq vaqt kutishga tayyor boʻladi. Firibgarlarga aynan shu juda qoʻl keladi.

"Aksariyat hollarda odamlar oʻsha tashkilotchilar pullarni yigʻib, koʻzdan gʻoyib boʻlgandan soʻnggina hamma yoqqa jar sola boshlaydilar", - deya tushuntirishdi Markaziy bankda.

Asosiy mavzular