05:06 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Jamiyat
Havola olish
398 0 0

Majidovning fikricha, oliy taʼlim maskaniga kelayotganlar oʻzlarining diplom uchun emas, balki bilim olish uchun ushbu dargohga kelganliklarini anglagan kundan boshlab taʼlim sohasida korruptsiya yoʻqoladi

TOSHKENT, 27 - Sputnik. Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inom Majidov Oʻzbekistonda oliy taʼlim sohasida korruptsiya ustidan qisqa vaqt ichida gʻalaba qozonib boʻlmasligini tan oldi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Vazir soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda Oʻzbekiston taʼlim tizimida prezident farmoni asosida "Korruptsiyasiz soha" loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu masala boʻyicha 7ta yoʻnalishdan iborat "Yoʻl xaritasi" ishlab chiqilib, 2019 yil davomida uni ijrosi taʼminlangan.

"Mazkur yoʻl xaritasi doirasida tizimda qator ishlar amalga oshirildi, ularni natijalari tahlil qilindi. Lekin bu illat (korruptsiya, tahr.) shunchalik tarmoqlanib, tizimdagi barcha boʻgʻinlarga kirib borgan-ki, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni qoniqarli darajada deb boʻlmaydi va bir yilda buni (korruptsiyani, tahr.) hal qilib boʻlmasligini ham yaxshi tushunamiz", - dedi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri.

Majidov taʼlim sohasini korruptsiyadan tozalash uchun qancha vaqt talab etiladi, degan savolga javob berar ekan, "bilim oladiganlar oʻzlarining oliy taʼlim muassasasiga diplom uchun emas, balki bilim olish uchun kelishganini tushungan kundan boshlab korruptsiya yoʻqoladi", deya taʼkidladi.

Vazir shuningdek, oliy taʼlim tizimida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon berayotgan sabab va sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan yoʻl xaritadagi maqsad va vazifalar 2020 yilda boshqatdan koʻrib chiqilgani va oʻtgan yil davomidagi tajriba asosida qaysi masalalar yechim topmaganligidan kelib chiqqan, qayta ishlanib, tasdiqlanganini maʼlum qildi.

Asosiy mavzular