06:41 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
403 0 0

2019 yilda 1 107 ta vazirlik muassasalarining 1 035 tasida 16,7 mlrd. soʻmlik moliyaviy qonunbuzarliklar aniqlangan.

TOSHKENT, 27 fev – Sputnik. Soʻnggi ikki yil ichida Oliy taʼlim tizimida korruptsiya bilan bogʻliq qator jinoyatlar sodir etilgan.

Bu haqda joriy yilning 18 yanvar kuni Korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Respublika Idoralararo komissiyasining kengaytirilgan yigʻilishida Bosh prokuror N.Yoʻldoshev toʻxtalib oʻtgan.

Xususan, bular 2018-2019 yillar davomida oliy taʼlim tizimida talabalik safiga qabul qilish, oʻqish jarayonida topshiriladigan turli sinovlar, bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish, magistraturaga qabul, talabalarning oʻqish joyini koʻchirish, oʻqish yoʻnalishini oʻzgartirish hamda oʻqishga qayta tiklash bilan bogʻliq korruptsion holatlardir.   

Maʼlum boʻlishicha, tizimda 326 nafar xodim taʼlim jarayoni bilan bogʻliq jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilib, ularning 220 nafari kollej va litseylarga, 106 nafari oliy oʻquv   yurtlariga toʻgʻri kelgan.

Institut va universitetlarning jinoyat sodir etgan xodimlaridan 3 nafari rektorlar, 5 nafari prorektorlar, 15 nafari dekan va dekan oʻrinbosarlari, 62 nafari oʻqituvchilar boʻlgan.

Kollej va litseylarda esa, 34 nafar direktor, 31 nafar direktor oʻrinbosari, 94 nafar oʻqituvchi jinoyatga qoʻl urgan.

Oʻqishga kiritish vaji bilan 115 nafar, 58 nafar oliy va 57 nafar oʻrta maxsus taʼlim xodimlari jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti oʻqituvchisi K. fuqaro D.ni institutning buxgalteriya fakulteti sirtqi yoʻnalishiga oʻqishga kiritish uchun 10 ming AQSH dollari olgan boʻlsa, Qarshi   davlat   universiteti prorektori N. maxsus sirtqi boʻlimga kirish imtihonlaridan oʻta olmagan O.ni oʻqishga kirgizish uchun 3 ming AQSH dollari olgan.

Fargʻona davlat universiteti oʻqituvchisi S., qabul komissiya aʼzosi ekanligidan foydalanib, fuqaro A.ni ijodiy imtihondan yuqori ball olishida yordam berish evaziga 6  ming AQSH dollari  olgan.

Bundan tashqari 21 nafar talaba ham korruptsiya bilan bogʻliq jinoyatlarga aralashib qolgan holda javobgarlikka tortilgan.

OʻzMU dekani lavozimida ishlagan A. va uning oʻrinbosari YU. fuqaro R.ni magistraturaga kiritish evaziga 2 ming AQSH dollari olgan.  

Nukus davlat pedagogika instituti sobiq rektori va prorektori esa magistratura bosqichiga sinovdan oʻtgan 55 nafar talabgorning imtihon natijalarini soxtalashtirgan.  

Taʼlim bilan bogʻliq poraxoʻrlik va firibgarlik jinoyatlari uchun 4 marotaba sudlangan
U. Oliy taʼlim vazirligida masʼul lavozimda ishlab, eski odatini davom ettirgan.

Jumladan, U. Rossiya va Ukraina tibbiyot oliygohlarida taʼlim olayotgan ikki nafar talabaning oʻqishini Toshkentdagi oliygohlarga koʻchirish uchun 4 ming AQSH dollari olgan. Bundan tashqari u yana oʻqishga kiritish, talabalar oʻqishini tiklash va koʻchirish masalasini hal qilishga vaʼda berib, 14 ming AQSH dollarini pora tariqasida olgan.

2019 yilda 1 107 ta vazirlik muassasalarining 1 035 tasida 16,7 mlrd. soʻmlik moliyaviy qonunbuzarliklar aniqlangan.

Asosiy mavzular