O‘zbekistonda yana 5 ta pedagogika institutlari tashkil etildi

Obuna bo‘lish
Samarqand, Andijon, Qarshi, Termez va Buxoro davlat universitetlari negizida pedagogika institutlari tashkil etildi.

TOShKENT, 28 fev - Sputnik. O‘zbekistonda beshta universitet qoshida pedagogika institutlari tashkil etildi. Bu haqida O‘zbekiston prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytib o‘tilgan. 

Xususan, bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha quyidagi institutlar tashkil etiladi:  

  • Samarqand davlat universiteti negizida Pedagogika instituti;
  • Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti;
  • Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti;
  • ToshDPU Termiz filiali negizida Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti;
  • ToshDPU Shahrisabz filiali negizida Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin O‘zbekistonda pedagogika ta’limi sohasida ayrim yo‘nalishlarda oliy ta’lim davomiyligini 3-yil etib belgilash haqida prezident qarori qabul qilingan edi. Xususan, musiqa, jismoniy tarbiya, chaqiriqqacha harbiy ta’lim, tasviriy san’at, boshlang‘ich va texnologik ta’lim yo‘nalishlarida baklavriat bo‘yicha o‘qish muddati 3-yil etib belgilangan edi. 

 

Yangiliklar lentasi
0