O‘zbekistonlik kelinlar Turkiyada top beshtalikka kirdi  

© PixabayMolodojeni, arxivnoe foto
Molodojeni, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yilda Turkiya fuqarolariga turmushga chiqqan o‘zbekistonlik kelinlar soni 1500 dan oshdi, turk qizlariga uylangan O‘zbekiston erkaklari soni esa 11 kishini tashkil qildi.

TOShKENT, 24 fev — Sputnik. 2019 yilda Turkiyaga kelin bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni ortdi, bu haqida Turkiya statistika tashkiloti ma’lum qilmoqda.

2019 yilda 1550 nafar O‘zbekiston fuqarolari turkiyaliklarga turmushga chiqqan. Ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha o‘zbekistonliklar xorijiy kelinlar orasda 5 o‘rinni egallagan.

Birinchi o‘rinda suriyalik kelinlar (3400), ikkinchi o‘rinda - ozarbayjonlik (2700), uchinchi o‘rinda - germaniyalik (2440) va to‘rtinchi o‘rinda Marokkolik kelinlar (1800). 

Xorijdan Turkiyaga kelin bo‘lib tushganlar soni esa 2019-yilda jami 23264 nafarni tashkil egan. Bu umumiy kelinlar soniga nisbatan 4,3 % deganidir. 

 

Yangiliklar lentasi
0