14:31 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
558 0 0

Germaniya siyosatini shakllantiruvchi guruhlari Oʻzbekistonning yangi hududiy siyosatini dunyoning boshqa davlatlari uchun “mayoq” va “juda yaxshi misol” boʻlishi mumkin, deb baholadi.

TOSHKENT, 28 fev – Sputnik. Oʻzbekistonning YEOIIga integratsiya jarayonida ishtirok etishi Germaniya tomonidan ijobiy baholandi.

Bu haqida “Rivojlanish strategiyasi” markazi direktori E. Tulyakov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi doirasida Germaniya iqtisodining Markaziy Osiyo qoʻmitasi direktori E.Kinsbruner hamda Fridrix Ebert fondi dasturi boshligʻi M.Yobelius hamda Tashqi savdoni qoʻllab-quvvatlash M.Shumannlar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda maʼlum boʻldi.

Ishtirokchilar Oʻzbekiston va YEOII hamkorligiga katta eʼtibor berib, ushbu iqtisodiy ittifoq bilan munosabatlarni yoʻlga qoʻyish Oʻzbekiston iqtisodining barqaror oʻsishi, energetik xavfsizlik, aholi farovonligi va transport-tranzit potentsiali nuqtai nazaridan - obʼyektiv jarayon ekanligini aytib oʻtishdi.

Shu bilan birga Uchrashuvda har qanday davlatning integratsion jarayonlarda ishtirok etishi – bosqichma-bosqich boʻlishi kerakligi alohida qayd etildi va Oʻzbekistonning YEOIIda kuzatuvchi maqomida ishtirok etayotganini olqishlandi.

“Rivojlanish strategiyasi” markazi direktori E. Tulyakov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi

Germaniya siyosatini shakllantiruvchi guruhlari fikriga koʻra, Oʻzbekistonning yangi hududiy siyosati, qarama-qarshiliklar tobora ortib borayotgan dunyoning boshqa davlatlari uchun “mayoq” va “juda yaxshi misol” boʻlishi mumkin.

Shuningdek, Germaniya tomon Shavkat Mirziyoyev tomonidan oʻtkazilayotgan siyosat koʻp qirrali ijobiy natijalar keltirayotganini qayd etdi. Bu borada Afgʻonistonni iqtisodiy hamkorlikka chorlash yoʻlida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar alohida olqishlandi. Berlin ushbu yoʻnalishda Toshkent fikrini toʻliq qoʻllab-quvvatlashi, Afgʻonistonda tinchlik – hududning transport salohiyatini oshirishi, iqtisodiy hamkorlik va savdo-sotiqni yangi darajaga koʻtarishi qayd etildi.

“Rivojlanish strategiyasi” markazi direktori E. Tulyakov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yil kuzda mamlakatning YEOIIga qoʻshilish masalasini ishlab chiqish haqida topshiriq bergandi. Respublikada urli darajalarda bu integratsiyaning foydali va salbiy tomonlari muhokama qilinib, tahlil qilinmoqda.

YEOII - 2015 yil 1 yanvardan boshlab faoliyat koʻrsatuvchi, xalqaro integratsiya iqtisodiy birlashma hisoblanadi. Ittifoq tarkibiga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston kiradi.

Asosiy mavzular