Kerak bo‘lsa juma namoziga keluvchilarni ham ogohlantiramiz - Musulmonlar idorasi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnichniy namaz po sluchayu Kurban-xayita v mecheti Tashkenta
Prazdnichniy namaz po sluchayu Kurban-xayita v mecheti Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirligi aholiga ommaviy tadbirlar va jamoat joylarida kamroq bo‘lishni tavsiya qilmoqda.

TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Agar Sog‘liqni saqlash vazirligidan yozma ravishda murojaat bo‘lsa, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Juma namoziga keluvchi namozxonlarni koronavirusdan saqlanish yuzasidan ogohlantirmoqchi. Bu haqda Musulmonlar idorasining vakili Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.

—Hozircha Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan og‘zaki murojaat bo‘ldi, xat bilan ham chiqishmoqchi. Agar xat orqali murojaat qilishsa, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Juma namoziga keluvchilarni koronavirusdan saqlanish bo‘yicha ogohlantirishish mumkin, – deydi Musulmonlar idorasi vakili.

Shuningdek, SSV axborot xizmati rahbari — Furqat Sanayevga koronavirusdan saqlanish uchun O‘zbekiston aholisiga jamoat joylarida kamroq bo‘lish tavsiya etiladimi mazmunidagi savol bilan murojaat qildik.

Jiteli Tegerana idut po odnoy iz sentralnix ulis v meditsinskix maskax - Sputnik O‘zbekiston
Ozarbayjonda birinchi koronavirus holati aniqlandi

“Albatta. Agar zarurat bo‘lmasa, xorijga chiqishni ham tavsiya qilmaymiz. Ayniqsa, o‘sha virus o‘chog‘i bo‘lgan mamlakatlarga chiqishni...” – deya javob berdi u.  

Shuningdek, Furqat Sanayevga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholini ommaviy tadbirlar va jamoat joylarida ham imkon qadar kamroq bo‘lishni tavsiya qiladi.

—Shamollash, gripp alomatlari sezilganda esa ish, o‘qishga chiqmagan holda uy yoki kasalxona sharoitida  davolanish, kun davomida uch marotaba qo‘llarni yuvib turish kerak. Shamollagan kishi uy sharoitida davolanganda uni oila a’zolaridan alohidalash choralarini ko‘rish, u yotgan xonani shamollatib turish, ayniqsa, maktab va bog‘chalarda ham katta tanaffus vaqtida xonalarni shamolatib turish lozim. Sababi, virus nam va kislorod kirmaydigan joyda bo‘ladi, deydi yana u.

Jenshina v meditsinskoy maske v sentre Milana - Sputnik O‘zbekiston
Litva va Belarusda ham koronavirus topildi

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus xavfi tufayli juma namozlariga kamroq chiqish tavsiyasini bergan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, jahonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 82 ming nafardan oshgan, 2 800 dan ortiq o‘lim holati qayd etilgan. Hozirgacha Xitoydan tashqari ushbu infeksiya 50 ga yaqin mamlakatda aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0