21:20 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
887 0 0

Qoraqalpogʻiston va Oʻzbekistonning ayrim dehqon bozorlarida goʻsht va sabzavot mahsulotlarining 2020 yil 25 fevraldagi kuzatilgan narxlari eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 28 fev – Sputnik. Toshkentning “Mirobod dehqon bozori” da qoʻsh goʻshtining maksimal narxi 68 ming soʻmga koʻtarilgan. Bu haqda Davlat Statistika qoʻmitasi axborot xizmati maʼlum qildi.

Qoʻy goʻshtining minimal narxi esa Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori” va Mirobod dehqon bozori”da 39 000 soʻmdan sotilgan. 

Shuningdek, 1 kg mol goʻshti (suyaksiz goʻshtidan tashqari)ning minimal narxi Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”da 36000 soʻmdan qayd etilgan.

Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori” da 57 000 soʻmni tashkil etgan.

Sabzavotlardan kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining “Eski shahar dehqon bozori” va “Farhod dehqon bozori” da 1200 soʻm, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da esa 5000 soʻmdan maksimal narxlarda qayd etilgan.

Piyoz mahsulotining minimal narxi Jizzaxning “Jizzax markaziy dehqon bozori” da 1500 soʻmdan sotilgan boʻlsa, Urganchning “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da 4000 soʻmga qimmat narxlarda kuzatilgan.

Asosiy mavzular