O‘zbekiston veterinariya sohasi fidoyisi Makkada olamdan o‘tdi

Obuna bo‘lish
Makka shahriga Umra amallarini bajarish uchun ketgan o‘zbekistonlik olim Bastamqul Saidqulov o‘sha yerda vafot etdi.

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Veterinariya sohasi fidoyisi, olim Bastamqul Saidqulov joriy yilning 27-fevral kunida Makka shahrida olamdan o‘tdi. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining “VETLEGNEWS” telegram kanalida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, ko‘plab shogirdlarning ardoqli ustozi Saidqulov Makka shahriga Umra amallarini bajarish uchun ketgan edi.

© Foto: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasiVeterinariya sohasi fidoyisi, olim Bastamqul Saidqulov
O‘zbekiston veterinariya sohasi fidoyisi Makkada olamdan o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston
Veterinariya sohasi fidoyisi, olim Bastamqul Saidqulov

Saidqulov so‘nggi yillarda  “Veterinariya tibbiyoti” jurnalini chop etish g‘oyasini ilgari surgan va bugungi kungacha bu jurnalni tahririga rahbarlik kilib kelgan.

“Soha fidoyisi Bastamqul Saidqulovning yaqinlari va soha mutaxassislariga chuqur  ta’ziya izhor etamiz”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0