Tolibon Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishda O‘zbekiston harakatlarini qayd etdi

© MID UzbekistanaVstrecha delegatsii MID Uzbekistana s predstavitelyami Taliban v Doxe
Vstrecha delegatsii MID Uzbekistana s predstavitelyami Taliban v Doxe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Tolibon" vakili O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Afg‘oniston muammolariga doimiy e’tibor qaratgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

TOShKENT, 2-mart - Sputnik. Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Doxada "Tolibon" vakolatxonasi rahbari Mulla Abdul G‘ani Baradar bilan uchrashib Afg‘onistondagi tinchlikparvar siyosiy jarayonni ilgari surish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishdi, deb xabar qilmoqda TIV.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
AQSh va "Tolibon" o‘rtasida tinchlik bitimi imzolandi

Uchrashuvda Tolibon vakili O‘zbekistonning sa’y-harakatlari tufayli afg‘on mojarosi yana xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida ekanligini e’tirof etdi. “Tolibon” harakati siyosiy vakolatxonasi rahbari, tarixning murakkab mashaqqatlariga qaramay O‘zbekiston afg‘on xalqining eng ishonchli do‘sti bo‘lgani va ekanligini ta’kidladi, bu ayniqsa Afg‘oniston tinchlik va iqtisodiy ko‘makka juda muhtoj bo‘lgan hozirgi vaqtda yaqqol namoyon bo‘layotganini qayd etdi.

Shunigdek, Mulla Barodar O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinch siyosiy jarayonni boshlash, mamlakatda turli iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini alohida ta’kidladi, ularning asosiy maqsadi afg‘on xalqining farovonligi va rivojlanishi, Afg‘onistonning tinch va barqaror davlat sifatida taraqqiy etishi ekanligi qayd etildi.

Undan tashqari, Dohada bo‘lib o‘tgan AQSh va Tolibon harakati o‘rtasidagi bitimni imzolash marosimida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham rasmiy taklifga binoan ishtirok etdi.

Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston AQSh va "Tolibon" o‘rtasida bitim imzolash marosimida qatnashadi

Ma’lumot uchun, AQSh va toliblar 2019-yilda bir necha oy davomida muzokaralar olib borishgan. AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili Zalmay Xalilzad va "Tolibon"ning Dohadagi  siyosiy idorasi delegatsiyasi sakkiz raund davom etgan muzokaralardan so‘ng sulh bitimi, xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistondan chiqarilishi va umumiy afg‘onaro tinchlik muzokaralari boshlanishini o‘z ichiga olgan tinchlik shartnomasi loyihasini kelishib oldilar. Biroq, sentabr oyida,toliblar tomonidan Kobulda va boshqa bir qator shaharlarda sodir etilgan va AQSh harbiylarining o‘limiga olib kelgan bir qator terrorchilik hurujlaridan so‘ng, Prezident Donald Tramp "Tolibon" bilan muzokaralarni to‘xtatishga va kelishuvni imzolashni bekor qilishga buyruq berdi.

Yangiliklar lentasi
0