O‘zbekistonda talabalarga kontraktni yiliga to‘rt marotaba to‘lash imkoniyati yaratildi

Obuna bo‘lish
Shuningdek, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab OTMlarda asosiy mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni ikki baravarga qisqartiriladi.

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. O‘zbekistonda  2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalari talabalariga o‘quv yili davomida teng ulushlarda kamida to‘rt marotaba o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi. Bu 2020-yilgi Davlat dasturida belgilangan.

Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda talabalarga stipendiya to‘lashning yangi tartibi va miqdori belgilandi

Shuningdek, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab OTMlarda asosiy mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni ikki baravarga qisqartirish, oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlari bosqichma-bosqich ikki baravarga oshirish rejalashtirilmoqda.

Dasturga ko‘ra, 2020-yilda kamida 5 ta oliy ta’lim muassasasini konkurs asosida tanlab, nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda ularni transformatsiya qilish choralari ko‘riladi.

Yangiliklar lentasi
0