Jismoniy shaxslarga yo‘lovchi tashish huquqi beriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobili v Tashkente
Avtomobili v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, jismoniy shaxslarga yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish huquqi beriladi.

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga yo‘lovchi tashish huquqi beriladi. Bu 2020-yilgi Davlat dasturida ko‘zda tutilgan.

“Jismoniy shaxslarga avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish huquqini berish bo‘yicha takliflarni kiritsin”, - deyilgan hujjatda.

Shuningdek, yuk tashishni amalga oshirishning boshlanishi to‘g‘risida xabardor qilish va yuklarni xalqaro tashishni amalga oshiruvchi transport vositalarini “onlayn” ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etiladi va avtomobil transportida yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish amalga oshiriladi.

Transport vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “UzTrans” yagona interaktiv axborot tizimida tashuvchilar faoliyatini monitoring va nazorat qilishning zamonaviy usullarini qo‘llashni hisobga olgan taklif kiritish topshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0