Birinchi apreldan Toshkentdan uy sotib olishga propiska talab qilinmaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNovaya shkola radom s novostroykami novogo rayona Sergeli
Novaya shkola radom s novostroykami novogo rayona Sergeli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2020-yil 1-apreldan fuqarolar Toshkent va Toshkent viloyatida doimiy propiskasiz uy sotib olishlari mumkin.

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yil 1-apreldan Toshkent va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk xarid qilishda mamlakat fuqarolaridan doimiy propiska talab qilinmaydi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonda belgilab qo‘yilgan.

Oformlenie vremennoy propiski - Sputnik O‘zbekiston
Ikromov: propiska so‘zi amaldan chiqarilib, o‘rniga “qayd etish” birikmasi ishlatiladi

Shuningdek, O‘zbekistonda doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarda ko‘chmas mulk xarid qilganlik uchun davlat bojining alohida stavkasi bekor qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda propiskadan qat’iy nazar uy olishga ruxsat berilishi xabar qilingan edi. Qolaversa, O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikromov endilikda mamlakatda propiska so‘zi amaldan chiqarilib, o‘rniga "qayd etish" so‘z birikmasi ishlatilishini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0