08:41 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
139 0 0

Uchish umumiy vaqti 2 soat 55 daqiqa. Chiptalarning minimal narxi barcha soliq va toʻlovlarni hisobga olgan holda 7652 rublga (taxminan 114 dollar) teng.

TOSHKENT, 3 mar – Sputnik. Tataristonning "Begishevo" xalqaro aeroporti va "Nordwind Airlines" aviakompaniyasi 16 martdan boshlab Toshkentga yangi reysni ochishadi, deb xabar beradi Tatariston transport va yoʻllar boshqarmasi matbuot xizmati.

"Parvozlar dushanba kunlari Boeing 737-800 samolyotlarida amalga oshiriladi. “Begishevo”dan uchib chiqish vaqti soat 11:55, Toshkentdan soat 18:10 da amalga oshiriladi. Har bir aeroport uchun mahalliy vaqt koʻrsatilgan", - deyiladi xabarda.

Uchish umumiy vaqti 2 soat 55 daqiqa. Chiptalarning minimal narxi barcha soliq va toʻlovlarni hisobga olgan holda 7652 rublni (taxminan 114 $) tashkil etadi.

Nordwind Airlines aviakompaniyasining marshrut tarmogʻida Toshkent Moskva, Simferopol, Antaliya va Monastirdan keyin “Begishevo” aeroportidan beshinchi yoʻnalish boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, fevral oyi oxirida Buxoro viloyati hokimi Oʻktam Barnoyev Qozon shahrida Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashgan edi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, Tatariston va Buxoro viloyati korxonalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish, tovarlar va xizmatlarni oʻzaro yetkazib berish hajmi va nomenklaturasini koʻpaytirish, gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Asosiy mavzular