13:45 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
39110

2020 yil 1 martdan boshlab MDH mamlakatlarida istiqomat qiluvchi va konsullik roʻyxatida turgan Oʻzbekiston fuqarolari ushbu mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarida xorijga chiqish uchun biometrik pasport olishlari mumkin.

TOSHKENT, 3 mar – Sputnik. 2020 yil 1 martdan boshlab MDH mamlakatlarida istiqomat qiluvchi va konsullik roʻyxatida turgan Oʻzbekiston fuqarolari ushbu mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarida xorijga chiqish uchun biometrik pasport olishlari mumkin, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Respublika fuqarolari xorijga chiqish uchun biometrik pasportni olish va qabulga yozilish (biografik maʼlumotlar va biometrik parametrlarni topshirish maqsadida) uchun https://consulate.mfa.uzveb-portali orqali elektron ariza toʻldirishlari mumkin.

Shuningdek, vazirlik tomonidan chet el mamlakatlarida pasport rasmiylashtirish tizimini bosqichma-bosqich tadbiq etish ustida ish olib borilmoqda va uning natijalari toʻgʻrisida vatandoshlar oʻz vaqtida xabardor qilinadi.

Bundan tashqari, 1-martdan boshlab https://consulate.mfa.uz veb-portalida konsullik roʻyxatiga olish interaktiv tizimi joriy etilgan boʻlib, buni fuqarolar masofadan turib Oʻzbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga shaxsan kelmasdan amalga oshirish mumkin.

Asosiy mavzular