Ma’muriy huquqbuzarlik ishlarni ko‘rib chiqish jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tkaziladi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, 2020-yil 1-dekabrdan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs tomonidan ma’muriy jarimani sud va vakolatli idoralarda ish ko‘rilgunga qadar ixtiyoriy to‘lash rag‘batlantiriladi.

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yil 1-dekabrdan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar vakolatiga o‘tkaziladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan 2020-yilgi Davlat dasturi to‘g‘risidagi farmonda belgilangan.

Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tuhmat va haqorat uchun jazo yengillashtirilishi mumkin

Farmon bilan 2020-yil 1-maydan boshlab sud hukmlari, qarorlari, ajrimlari yoki hal qiluv qarorlari tomonlarning murojaati mavjud bo‘lgandagina prokuror tomonidan suddan talab qilib olinadi.

2020 yil 1-noyabrga qadar apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari isloh qilinib, nazorat tartibida ish yuritish instituti bekor qilinadi. 2020-yil 1-iyunga qadar tadbirkorlik sohasidagi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat turlari dekriminalizatsiya qilinadi.

Shuningdek, 2020-yil 1-dekabrdan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs tomonidan ma’muriy jarimani sud va vakolatli idoralarda ish ko‘rilgunga qadar ixtiyoriy to‘lash rag‘batlantiriladi.

Yangiliklar lentasi
0