Talabalarning ushbu o‘quv yili uchun kontrakt to‘lash muddati 20-martgacha uzaytirildi

Obuna bo‘lish
Oliy o‘quv muassasalari talabalarining 2019/2020-o‘quv yilining birinchi yarim yili uchun to‘lov-shartnoma shartlarini bajarish muddati uzaytirildi.

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. 2019/2020 o‘quv yilining birinchi yarim yili uchun to‘lov-shartnoma shartlarini bajarish muddati 20-martgacha uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qilmoqda.

Davlat komissiyasining 2020-yil 28-fevraldagi 13-son bayoni bilan 2019/2020 o‘quv yilida:

O‘zbekistonda talabalarga kontraktni yiliga to‘rt marotaba to‘lash imkoniyati yaratildi

- OTMlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (kunduzgi, sirtqi, kechki, maxsus sirtqi ta’lim shakllari)ga hamda magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan (shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan) abituriyentlar;

- o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar;

- xorijiy fuqarolar o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini birinchi yarmini o‘tkazish va ularni talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2020-yil 20-mart (shu kuni ham kiradi) etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda talabalarga kontraktni yiliga to‘rt marotaba to‘lash imkoniyati yaratilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0