Toshkentda yagona migratsion markaz ish boshladi

Obuna bo‘lish
Toshkentda Rossiyaga jo‘nab ketishni rejalashtirgan mehnat migrantlariga rus tili, Rossiya qonunchiligi asoslari va tarixini o‘rgatuvchi migratsiya markazi ish boshladi.

TOShKENT, 5 mar - Sputnik. Toshkentning Ashnobod tumanida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkaziga tashrifi doirasida Yagona migratsion markaz faoliyat boshladi, deb xabar qilmoqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati.

Migranti vo vremya ekzamenatsionnogo testirovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Samarqanddagi migratsiya markazi Peterburg korxonalari uchun ishchilarni tanlaydi

Markazni tashkil etishdan asosiy maqsad Rossiya Federatsiyasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston fuqarolarini jo‘nash oldidan tayyorlash, moslashuv va psixologik tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat.

Bu yerda migratsion kartani to‘ldirish tartibi, sug‘urta polislarini rasmiylashtirish kabi imkoniyatlar yaratilgan. 

Shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti kelishuviga muvofiq, Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarga rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligini o‘rgatish va patent olish uchun talab etiladigan tegishli sertifikatni O‘zbekistonda berish kabi xizmatlar ko‘rsatiladi.

Yangiliklar lentasi
0