Toshkentda “ko‘rinmas” raqamli haydovchilar soni ko‘paydi - foto

© Press-slujba GUVD TashkentaAvtomobil s zakritim nomerom v Tashkente
Avtomobil s zakritim nomerom v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda avtoraqamni "yashirishga" urinayotgan haydovchilar soni ko‘paydi. Ular bu bilan raqamlarni radarlar uchun “ko‘rinmas” holga keltirmoqchi bo‘ladilar.

TOShKENT, 5 mar – Sputnik. Toshkentda avtoraqamni "yashirishga" urinayotgan haydovchilar soni oshdi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Sergelida mast haydovchi piyodani urib yuborib, ikkita avtomobil bilan to‘qnashdi

Xabarda aytilishicha, so‘ngi vaqtda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari davlat raqami o‘qib bo‘lmaydigan holatga keltirilgan avtomobillar suratlarini tez-tez Toshkent IIBBga jo‘natilmoqda.

“Suratlarda ko‘pincha avtomobillar davlat raqamlari bo‘yoq bilan bo‘yalgan yoki ulardagi harflar ustiga biror narsa yopishtirilganligi, raqamlari ustidan turli plonkalarni to‘liq yotqizishlari aks etgan (bu bilan raqamlarni radarlar uchun “ko‘rinmas” holga keltirmoqchi bo‘ladilar). Ba’zida raqamlarni rasvo holatga keltirishadi. Bunday holatning g‘ayritabiiyligi avtomobilning kuzovi yarqiraydigan darajada tozaligi bilan ko‘zga tashlanadi.

Yo‘l harakati qoidalarida bir qator shartlar borki, ular yuzaga kelganda avtomobildan foydalanish taqiqlanadi. Ular qatorida davlat raqam belgilarining yetarli darajada ko‘rinmaslik holat ham qayd etilgan. Haydovchi muntazam ravishda avtomobilining holati foydalanish shartlarining barchasiga muvofiq ekanligiga ishonch hosil qilib turishi lozim. Aks holda jarima maydonchasiga tushib qolish mumkin”, - deyilgan xabarda.        

Masalan, 28-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarning foydalanuvchilaridan biri biz bilan ulashgan suratda  Matiz rusumli avtomobil 10 W 834 QA davlat raqamining ikkita belgisi ustiga puxtalik bilan qozog‘ yopishtirgani aks etgan. Qo‘shimcha tarzda xuddi shu avtomobilning boshqa rakursdan tushirilgan surati ham jo‘natilgan edi: unda old tomondagi davlat raqamlari talablarga muvofiq holatda edi. 

© GUVD TashkentaV Tashkente vse bolshe voditeley stali pratat gosnomera svoyego avto
Toshkentda “ko‘rinmas” raqamli haydovchilar soni ko‘paydi - foto - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente vse bolshe voditeley stali pratat gosnomera svoyego avto

Shu kunning o‘zida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimlari avtomobilni ishonchnoma asosida boshqargan haydovchi 31 yoshli Hilola M.ga nisbatan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 125 (“Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish”) hamda 128-6 (“Transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi”) moddalariga muvofiq bayonnoma rasmiylashtirdilar. 

“Davlat raqam belgisi yasama yoki o‘zga usullarda o‘zgartirilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli bo‘lmagan transport vositasini boshqarish – bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”. O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga muvofiq, mazkur hollarda qoidabuzarning transport vositasi jarima maydonchasiga joylanadi.

Yangiliklar lentasi
0