Qarsildoq olmalarni qanday to‘g‘ri iste’mol qilish kerak – shifokor tavsiyasi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishYabloki na selskoxozaystvennoy yarmarke
Yabloki na selskoxozaystvennoy yarmarke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olmani po‘chog‘i bilan iste’mol qilish foydali hisoblanadi, ammo ba’zi hollarda bu inson organizmiga ziyon yetkazishi mumkin.

TOShKENT, 5 mar – Sputnik. Olmani po‘chog‘i bilan iste’mol qilish foydali hisoblanadi, ammo ba’zi hollarda bu inson organizmiga ziyon yetkazishi mumkin.

Devushka prinimayet vannu - Sputnik O‘zbekiston
Kimlarga issiq dush qabul qilish mumkin emas? - shifokor tavsiyasi

Ushbu mevadan qanday foyda olish va zararli ta’sirlarni oldini olish haqida Sputnik’ga parhezshunos-shifokor Irina Lizun so‘zlab berdi.

Olma - bu ratsiondagi eng oddiy va shu bilan birga sog‘lom mevalardan biri hisoblanadi, ammo ba’zi odamlar uni noto‘g‘ri iste’mol qilishadi. Gap shundaki, bu mevani po‘chog‘ini artish kerak emas, chunki po‘chog‘ida tanani tozalashga yordam beradigan oziqa tolalari mavjud. Shifokor “agar olmani po‘chog‘idan tozalasangiz, axlatga mevaning foydali qismini tashlagan bo‘lasiz”, deb ta’kiladi.

“Odamlarning eng katta muammosi bu - oshqozon-ichak traktining yomon ishlashi. Ovqat hazm qilish trakti - tabiiy detoksifikatsiya qiluvchi organ. Agar u yaxshi ishlasa, u holda organizm o‘zini o‘zi tozalaydi. Olma po‘chog‘idagi tolalar hech narsa to‘planib qolmasligini ta’minlaydi. Oziqa tolasining ikkinchi vazifasi - ichimizdagi mikrobiotani to‘ydirish. Po‘chog‘ini to‘liq hazm qilmaymiz, bakteriyalar esa uni hazm qiladi. Yutish jarayonida bu bakteriyalar juda ko‘p foydali moddalarni ajratadi”, - deydi parhezshunos.

Chakana savdo tarmoqlarining agressiv marketingi sababli odamlar olma po‘chog‘ini tozalab, foydali tolani axlatga tashlashni boshlashdi.

Mevaga yanada chiroyli ko‘rinish berish uchun ayyor sotuvchilar olmaga mum bilan ishlov beradilar. Ha, bu savdoni yaxshilaydi, ammo bu sog‘liqqa yomon ta’sir qiladi, deydi Irina Lizun.

“Mum bilan ishlov berilgan olmani yeygani uchun hech kim o‘lmaydi. Ammo, eng yaxshi holatda olmani iliq suv bilan yuvib, sochiq bilan artish kerak. Mum butunlay yuvilmaydi, lekin hech bo‘lmaganda qisman olib tashlanadi. Mum allergik reaksiya yoki toshmalarga olib kelishi mumkin. Agar buni sezsangiz, ovqatlanishdan oldin uni tozalash yaxshiroq bo‘ladi”, - deb maslahat beradi shifokor.

Yangiliklar lentasi
0