14:18 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
31010

Rossiya va Turkiya 2017 yildan deeskalatsiya hududlarini yaratish boʻyicha kelishuvga va 2018 yilgi Sochi memorandumiga sodiq ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.

TOSHKENT, 6 mar - Sputnik. Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdoʻgʻon olti soat davom etgan muzokaralardan soʻng Suriyaning Idlib viloyatida zarbalar berishni toʻxtatish toʻgʻrisida kelishib oldilar.

Kelishuv loyihasi ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari tomonidan eʼlon qilindi.

Idlib deeskalatsiya hududida janglar 6-mart kuni yarim tunida tugashi kerak. Bundan tashqari, Moskva va Anqara M-4 avtomagistrali boʻylab, uning shimoliy va janubidan olti kilometr masofada xavfsizlik yoʻlagini tashkil qiladilar va ushbu hududda 15 martdan birgalikda patrullash boshlanadi.

Rossiya va Turkiya, shuningdek, ilgari tuzilgan kelishuvlarga - 2017 yildan deeskalatsiya hududlarini yaratish boʻyicha kelishuvga va 2018 yilgi Sochi memorandumiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladilar.

Moskva va Anqara, shuningdek, har qanday bahonada oqlab boʻlmaydigan terrorizmning barcha koʻrinishlariga qarshi kurashishga qatʼiy qarordaliklarini taʼkidladilar. Tomonlar Suriyadagi mojaroning harbiy yechimi yoʻqligiga kelishib oldilar va SAR suverenitetiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladilar.

Umumiy qarashlar

Rossiya prezidenti turkiyalik hamkasbiga Moskvaga tashrif buyurish va "munosabatlarimizni tasdiqlashi" qarori uchun minnatdorchilik bildirdi.

Putin shuningdek, Moskva Suriyada boʻlayotgan voqealarni baholash borasida Anqara bilan har doim ham rozi boʻlmasligini, ammo muhim lahzalarda mamlakatlar oʻzaro umumiy til topishganini taʼkidladi.

Bundan tashqari, Rossiya rahbari terrorizmga qarshi kurash zaiflashishiga yoʻl qoʻymaslik kerakligini taʼkidladi. Uning qoʻshimcha qilishicha, Rossiya va Turkiya Suriyadagi mojaroni hal qilish uchun Ostona formatini saqlashdan manfaatdor.

Javob berish huquqi

Turkiya Suriya hukumat kuchlarining harakatlariga javob berish huquqini oʻzida saqlab qoladi,- deb Erdoʻgʻon Putin bilan muzokaralardan soʻng taʼkidladi.

Shu maqsadda Turkiya allaqachon Idlibga qoʻshimcha kuchlar yuborgan.

Erdoʻgʻon, shuningdek, Anqara "suriyalik qochqinlarga oʻz vatanlariga qaytish masalasida yordam berishni zimmasiga olishga" vaʼda bergan.

"Putin va Erdoʻgʻon oʻrtasidagi kelishuvlar printsipial xususiyatga ega. Ularning texnik jihatdan amalga oshirilishi – bu mutlaqo boshqa masaladir, bu juda qiyin masala. Putin va Erdoʻgʻon mojaroning barcha tomonlarning javobgarligini oʻz zimmalariga olganlar va bu juda xavfli ... Idlibdagi harbiy mojaroning boshqa tomonlari Putin va Erdoʻgʻonning maslahatiga amal qilishiga kafolat yoʻq. Ammo bizning qurolli kuchlarimiz vaziyatni birgalikda nazorat qilishlari juda katta ahamiyatga ega - agar istak boʻlsagina, hatto eng qiyin masalalarda ham kelishish mumkinligini namoyish etadi ... Kelishuvga erishish – bu muvaffaqiyatli va juda oʻz vaqtida qabul qilingan qaror, Putin va Erdoʻgʻon siyosiy vositalar tugamaganligini isbotladilar", - dedi Aleksey Podberezkin, MGIMO Harbiy-siyosiy tadqiqotlar markazi direktori, tarix fanlari doktori.

Idlibda keskinlashuv

Suriyaning Idlib provintsiyasida vaziyat 27-fevral kuni, shu provintsiyasi hududini nazorat qilayotgan terrorchilar SAR qoʻshinlariga hujum qilganda keskinlashdi. Suriya hukumat armiyasi javob zarbalarida jangarilar safida hujum qilayotgan 36 nafar turk askari haloq boʻldi.

Asosiy mavzular