14:52 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1159)
473 0 0

Tashqi ishlar vazirligi epidemiya avj olgan Italiyada qancha oʻzbekistonlik borligini maʼlum qildi. Oʻzbekistonlik talabalar uchun Telegram messenjerida 2 ta guruh – “Nashi studentы v Italii” va “Tashkent-Torino-2019/2020” ochildi.

TOSHKENT, 6 mar – Sputnik. TIV epidemiya avj olgan Italiyada qancha oʻzbekistonlik borligini maʼlum qildi.

Italiya hududida COVID-19 koronavirusining tarqalishi munosabati bilan Oʻzbekistonning Rim shahridagi Elchixonasi huzurida Operativ shtab tuzildi va uning aʼzolari vatandoshlar bilan muntazam ravishda muloqotda boʻlib turilibdi.

Oʻzbekistonlik talabalar uchun Telegram messenjerida 2 ta guruh – “Nashi studentы v Italii” va “Tashkent-Torino-2019/2020” ochildi. Konsullik hisobida jami 866 ta fuqaro turadi.

2020 yil 6 mart kuni ertalabki holatga koʻra Italiyada Oʻzbekiston fuqarolari orasida koronavirus yuqtirganlar qayd etilmagan.

Elchixonaning maʼlum qilishicha, Italiya tomoni bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston vazirlik va idoralari, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari delegatsiyalarining 20 dan ortiq safarlari keyinroqqa koʻchirildi, Italiyaning qator yetakchi kompaniyalari vakillarining mamlakatga tashriflari qoldirildi.

Soʻnggi bir kun ichida Italiyada 2019-nCoV koronavirusi oqibatida 41 kishi vafot etib, mamlakatda kasallik qurbonlarining umumiy soni 148 kishiga yetdi. Mamlakatda 3 mingdan ortiq kishi kasallangan.

 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1159)

Asosiy mavzular