14:32 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
269 0 0

Shahar maʼmuriyatining sobiq rahbari Shavkat Abdurazzoqov kuni kecha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi raisi etib tayinlandi.

TOSHKENT, 6 mar - Sputnik. Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Olimjon Isayev Namangan shahar hokimi etib tayinlandi, deb xabar beradi shahar hokimligi matbuot xizmati.

Yigʻilishda Prezidentning maslahatchisi oʻrinbosari Umar Ismoilov va viloyat rahbari Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Olimjon Isayev 1972 yilda Namanganda tugʻilgan. Toshkent davlat agrar universiteti va Namangan davlat universitetini tamomlagan. Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar u "Oʻzagrokimyoximoya" aktsiyadorlik jamiyatining raisi boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, kecha shahar maʼmuriyatining sobiq rahbari Shavkat Abdurazzoqov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi etib tayinlangan edi.

Bu Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida maʼlum boʻldi.

Asosiy mavzular