01:55 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
156 0 0

Afv etilgan ayollarning 12 nafari jazodan toʻliq ozod qilinadi, 29 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi. Afv etilganlarning 7 nafarini chet el fuqarolari tashkil etadi.

TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. “Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan bir guruh mahkuma ayollarni afv etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston prezidenti farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq adashib, bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan jazo muddatini oʻtayotgan 83 nafar ayollar afv etildi.

Afv etilgan ayollarning 12 nafari jazodan toʻliq ozod qilinadi, 29 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 17 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi.

Bir soʻz bilan aytganda, 58 nafar ayol jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinmoqda.

Shuningdek, 25 nafar mahkuma ayolga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 7 nafarini chet el fuqarolari tashkil etadi.

Asosiy mavzular