01:15 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
25301

Mirziyoyev jami 68 nafar ayolni taqdirladi. Oksana Chusovitina “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Yetti nafar ayol “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenini olgan. Ular orasida aktrisa Gulchehra Jamilova, Rixsixon Ibragimova, Gulchehra Saʼdullayevalar ham bor.

TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi.

Taʼkidlanishicha, ular mamlakatning iqtisodiy qudrati va jahon miqyosidagi mavqeini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlari, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, aholi farovonligini taʼminlash, farzandlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash ishlariga qoʻshgan katta hissasi, yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlidagi samarali mehnati bilan tashabbus va ibrat koʻrsatib kelayotgani uchun faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlangan.

Sport gimnastikasi boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Oksana Chusovitina “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining sport gimnastikasi boʻyicha katta murabbiyi Svetlana Kuznetsova “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.

Yetti nafar ayol “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirgan. Ular orasida oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktrisalari Gulchehra Jamilova, Rixsixon Ibragimova hamda Oʻzbekiston davlat satira teatri aktrisasi Gulchehra Saʼdullayevalar bor. Shuningdek, Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Robaxon Mahmudova ushbu mukoftga loyiq deb topilgan.

11 nafar ayol “Mehnat shuhrati” ordeni bilan bilan taqdirlangan. Ular orasida oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi Toʻti Yusupova ham bor.

2 nafar ayol I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan, 7 kishi II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan, 20 kishi “Doʻstlik” ordeni bilan, 2 kishi “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan, 18 kishi “Shuhrat” medali bilan bilan mukofotlangan.

Quyidagi havola orqali mukofotlanganlarning toʻliq roʻyxati bilan tanishish mumkin.

Asosiy mavzular