23:30 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
27710

Xitoyning Yutong kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektrobus 51-yoʻnalishda oʻzining dastlabki qatnovini boshladi.

TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Toshkent shahrida 7 martdan Xitoyning Yutong kompaniyasining elektrobusi 51-yoʻnalishda oʻzining dastlabki qatnovini boshlaydi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar qildi.

ZK6128BEVG  modelidagi mazkur elektrobus 215 k/vat bilan harakatlanadi. Bir marta olingan quvvat bilan 300 kilometrdan ziyod masofani bosib oʻtadi. Elektrobus saloni 5 ta kuzatuv kamerasi hamda monitor bilan jihozlangan. Undan tashqari dvigatel qismiga yongʻinga qarshi avtomat tarzda ishlovchi  uskuna oʻrnatilgan.

Press-slujba "Toshshaxartranksizmat"

Shuningdek, konditsioner, isitish tizimi bilan taʼminlangan. 12 metr uzunlikdagi mazkur elektrobus oʻrtacha 70 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan.

Taʼkidlanishicha, mazkur elektrobus mamlakat iqlim sharoitida avtobus yoʻnalishlarida bir necha oy davomida sinovdan oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, avvvalroq poytaxtda Belarusdan keltirilgan elektrobus 3 oy davomida yoʻnalishda sinovdan oʻtkazilgan edi.

Asosiy mavzular