01:30 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
191 0 0

Abu-Dabi, Dubay, Sharja shaharlaridan Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz, Urganch, Nukus shaharlariga parvozlarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Dubay shahrida Oʻzbekiston va BAA aviatsiya maʼmuriyati oʻrtasida maslahatlashuvlar boʻlib oʻtdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Muzokaralar davomida tomonlar Oʻzbekiston va BAA oʻrtasidagi shartnomaviy yoʻnalishlarda parvozlarni amalga oshirish uchun aviakorxonalarni tayinlash, mazkur yoʻnalishlarda parvozlar chastotasi miqdorini belgilash koʻrib chiqishdi.

Shuningdek, yangi yoʻnalishlarni ochish va Qarshi, Termiz, Nukus va Buxoro aeroportlarida joriy etilgan “Ochiq osmon” rejimidan foydalanish masalalar muhokama qilindi.

“Oʻzbekiston va BAA shaharlari oʻrtasida havo qatnovlarini rivojlantirish maqsadida tomonlar amirliklarning aviakompaniyalari Abu-Dabi, Dubay, Sharja shaharlaridan Oʻzbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz, Urganch, Nukus shaharlariga parvozlarni amalga oshirishi boʻyicha kelishuvga erishdilar”, - deyilgan xabarda.

Muzokaralar yakunida ikkala tomon ham davlatlar oʻrtasidagi havo qatnovlarini yanada kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi va tegishli bayonnomani imzoladi.

Asosiy mavzular