01:34 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
362 0 0

Vertolyot ishlab chiqarish boʻyicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblangan Airbus Helicopters Oʻzbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda.

TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Airbus Helicopters Oʻzbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi xabar qildi.

Taklif kompaniyaning Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari rahbari Ralf Veberning Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov bilan kechgan uchrashuvida bildirilgan.

Uchrashuv davomida tomonlar 19-20 fevral kunlari Toshkentda oʻtkazilgan “Uzbekistan Airports, Aviation & Logistics Forum” I Xalqaro aviatsiya forumi doirasida Oʻzbekistonda vertolyot tashuvlarini rivojlantirishga oid erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yoʻlini muhokama qilishdi.

Vertolyotlardan nafaqat qutqaruv va tibbiyot maqsadlarida, balki turli ekskursiyalar, ekstremal turizm turlari, qoyaga chiqish, sportning togʻ-changʻi turlari kabilarni tashkil qilishda ham foydalanish ehtiyoj mavjudligi taʼkidlandi.

Ralf Veber Airbus Helicopters kompaniyasining Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.

Uning soʻzlariga koʻra, mamlakatning vertolyot parki bilan taʼminlanganiga oid xalqaro tajribaga muvofiq 800-1 000 000 kishiga oʻrtacha 1 vertolyot toʻgʻri kelishini inobatga olganda, Oʻzbekistonning ushbu havo transportiga ehtiyojini qondirish uchun 25-30 vertolyot kerak boʻladi.

Uchrashuv yakuniga koʻra, tomonlar vertolyotlar tashuvi, uchuvchi, mexanik, texnologlar va boshqa personalni tayyorlash, seminar va treninglar tashkil qilish orqali Oʻzbekistonning xususiy biznes vakillarini faol jalb qilish boʻyicha qoʻshma kompleks loyihani ishlab chiqishga kelishib olishdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Transport vaziri Elyor Gʻaniyev turizm sohasini rivojlantirish, biznes xizmatlarini koʻrsatish - togʻli hududlarda joylashgan diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar tashkil qilish maqsadida yangi gʻarb vertolyotlarini sotib olish rejalari mavjudligi bayon qilgan edi.

Maʼlumot uchun: Airbus Helicopters (sobiq Eurocopter Group) — Frantsiya-Germaniya kompaniyasi, dunyodagi eng yetakchi vertolyot ishlab chiqaruvchilaridan biri. Airbus Group kontsernining shoʻʼba korxonasi. Kompaniya daromadi 2018 yilda 6,007 milliard yevroga oshdi.

Asosiy mavzular