Maqsud Akilov 2-chi jahon urushi xotiralari haqida

© Iz lichnogo arxiva Maksuda AkilovaVeteran Maksud Akilov
Veteran Maksud Akilov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik O‘zbekiston muxbiri 2-chi jahon urushining eng yosh qatnashchilaridan bo‘lgan 94 yoshli Maqsud Akilov bilan suhbatlashdi.

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston muxbiri urushning eng yosh qatnashchilaridan bo‘lgan Maqsud Akilovning xonadonida bo‘lib, uning o‘tmish xotiralariga quloq tutdi. 2-chi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 75-yilligi munosabati bilan uyushtirilgan suhbat davomida 94 yoshli otaxon uzuq-yuluq bo‘lsada, o‘tmish xotiralarini titkilashga urindi.

Urushga 1943-yil oxirlarida ketganman deya hikoyasini boshlaydi otaxon.

"Urushga men bilan birga 4 aka uka ketganmiz. 1919-yilda tug‘ilgan katta akam meditsina sohasini tamomlagach, urushga ketib o‘sha yerda do‘xtirlik qilgan. 1921-yilda tug‘ilgan ikkinchi akam 1940-yilda urushga chaqirilgan, uni Finlandiyaga frontga tashlaganlar. U yerda jang qilib, qattiq yarador bo‘lgach, Moskvadagi bolnitsaga yotqizilgan. O‘shanda biz akamni uyga yuborishlarini so‘rab xat yozganmiz, ammo yuborishmagan. U yerda davolanib chiqqach, akamga kapitan unvonini berishgan va uni Stalingraddagi jangga olib ketishgan.

© Iz lichnogo arxiva Maksuda AkilovaVeteran Maksud Akilov
Maqsud Akilov  2-chi jahon urushi xotiralari haqida - Sputnik O‘zbekiston
Veteran Maksud Akilov

Urush paytlarida minglab bolalar O‘zbekistonga evakuatsiya qilinib, o‘zbeklar o‘ris bolalarini boqishgan. Har bir o‘zbek oilasiga vokzalda turib, bolalar tarqatilgan. Biz ham bitta ukrain bolasini olib boqqanmiz. Urush tugagach, xat orqali uning onasi bilan topishib, ayol bolasini olib ketgan. Ismi Lenya Korshevskiy edi.

Maqsud tog‘a shunday deya Lenya Korshevskiyning eski gazetada bosilgan suratini ko‘rsatdi. Surat “U nas yest semya” — “Biz oiladamiz” sarlavhasi ostida o‘sha davrdagi gazetada chop etilgan.  Unda Korshevskiyning o‘zbek xonadonida parvarish qilinayotganligi holati muhrlangan.

© Iz lichnogo arxiva Maksuda AkilovaVeteran Maksud Akilov
Maqsud Akilov  2-chi jahon urushi xotiralari haqida - Sputnik O‘zbekiston
Veteran Maksud Akilov

Surat ostidagi izohlarda esa, “gitlerchilarning xo‘rlashidan, jabr zulmidan qutqarib olingan minglarcha yetim bolalarning O‘zbekistonga olib kelinganligi, ulardan biri bo‘lgan Lenya Korshevskiyning suhbatdoshimiz Maqsud tog‘aning otasi, xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi — Oqilxon Sharafitdinov oilasiga topshirilganligi haqida yozilgan.

© Iz lichnogo arxiva Maksuda AkilovaVeteran Maksud Akilov
Maqsud Akilov  2-chi jahon urushi xotiralari haqida - Sputnik O‘zbekiston
Veteran Maksud Akilov

"Oilada o‘nta farzand bo‘lganmiz, 7 o‘g‘il 3 nafar qiz. Uchinchi akamizni ham urushga olib ketishgach, uyda mendan boshqa katta odam qolmadi. Oila a’zolarim qog‘oz-xat qilib ham meni armiyadan olib qolisholmagan," - deya eslaydi otaxon.

1944 yilda armiyada xizmat qilish uchun Samarqandga olib ketilganman. Qahraton qish... qattiq sovuq... komandirimiz yaxshi edi, kazarmalarni aylaninglar, tepada yuringlar, bo‘lmasa sovuqda qotib qolasizlar, –  deb turardi. Ertalab ovqatga chiqqanda “starshina” “o‘rningdan tur” buyrug‘ini bergach,  hamma bir vaqtning o‘zida chopib chiqardi. Aks holda  “Otstavit!” buyrug‘ini bersa, och qolib ketish mumkin edi. Ovqatda esa (kafti bilan ko‘rsatib) mana shunday bo‘lak qop-qora non, sal siqsangiz suvi chiqardi. Qattiq qotgan baliqni sho‘rva qilib, ichiga ikki dona kartoshka solib berardi. U yerda ikki oy xizmat qilgan bo‘lsak, 15 nafar safdoshlarimiz vafot etdi mana shu qiyinchiliklarga chiday olmay, – deydi Maqsud tog‘a.

"Bizni ertalab turg‘izib, qorovullikka qo‘yishardi. Qattiq sovuq, oyog‘imizga gazeta, latta o‘rab, etik yo‘q, botinka kiyib, diydirab turardik... Ba’zilar chiday olmay o‘zini o‘zi otgan, ayrimlari armiyadan qochib uyiga yetib kelganida, ortidan quvib kelishgan. So‘ng ularni yana armiyaga qaytarib olib ketilib, xalqning ko‘z o‘ngida otib tashlashgan. Juda qiyin zamon edi... 

Men armiya ambulatoriyasida uch marta yotib davolanganman. Ambulatoriya ovqatlari yaxshi edi, kasha, non ovqat berilardi.

Keyin bizni o‘z xohishimiz bilan urushga olib ketadigan bo‘lishdi, men ham o‘z arizamga ko‘ra urushga otlandim. Samarqand stansiyadagi vokzalda 500 ta askarlar, odamlar to‘planishgan, hammasining qo‘lida non, kolbasa, pishloq... ularni ko‘rib, yig‘laganmiz.

© Iz lichnogo arxiva Maksuda AkilovaVeteran Maksud Akilov
Maqsud Akilov  2-chi jahon urushi xotiralari haqida - Sputnik O‘zbekiston
Veteran Maksud Akilov

So‘ng alvon rangli ilma-teshik bo‘lib ketgan vagonga bizni chiqarishdi, ikki qavat bo‘lib joylashganmiz o‘sha vagonga... Havo sovigandan sovir edi.  Bizning vagonda 30 kishidan iborat askarlar bo‘lgan. Yo‘l-yo‘lakay sherigimga uydan xat kelsa, urushga ketapmiz, deb javob yozmagin, manzillarimiz o‘zgarib qolish mumkin, deya tayinlaganman. Bir akam urushda halok bo‘lib, qolgan ikkitasi urushda bo‘lgan. Men ularni borib topaman degan umidim bo‘lgan.

Shu alpozda Samarqanddan Toshkentga yetib keldik, ammo poyezd eshigi ochilmagan. Toshkentga har yoqdan askarlarning ota onalari kelgan, ular bolamni ko‘rib qolamanmi degan umidda qo‘llarida oziq-ovqat, yeguliklar... poyezd oynalaridan askarlar ularga qarab baqirishadi, ota-onalar ularga intilib dod solishadi, qiy-chuv.

Poyezd yurib, urushga ketdik. Yo‘l-yo‘lakay ovqatlanishga to‘xtardik. Yo‘llar muzlagan, bomba tushib releslar buzilgan. Bizni releslarimiz kengroq bo‘lsa, ularniki torroq bo‘larkan. Yo‘llarni tuzatib, 29 kun deganda Odessaga yetib borganmiz. Yo‘l-yo‘lakay poyezd yurib ketib qolib, safimizda bo‘lgan uchta askar bola halok bo‘lgan...

Uzbekskaya SSR. Kuznes Shaaxmed Shamaxmudov i yego jena Baxri Akramova vzali na vospitanie i usinovili 15 detey, poteravshix roditeley i evakuirovannix vo vremya voyni v Tashkent. - Sputnik O‘zbekiston
So‘nggi bo‘lak non va shirin so‘z: o‘zbeklarning urush yillaridagi jasorati haqida

Poyezd kelib Chexoslovakiyaga to‘xtab, o‘sha yerdagi o‘rmonga joylashganmiz. Daraxtlarni qirqib, qishloqdagi hashaklarni berkitib olib kelib, to‘shardik. O‘tin uchun daraxtlarni qirqib, qishloqdagi hashaklarni berkitib olib kelib, ustini daraxt barglari bilan berkitib tagimizga to‘shab yotardik.

Urush tugagunicha shunaqa ahvolda yotganmiz.  Biz yotgan joy keng dala, hech narsa ekilmagan, bedapoyalar o‘rib tashlangan...  Shu yerda hamma askarlar o‘ziga chuqur qazib, joylashib yotgan. Bolalar  yosh emasmi, hammasining  gavdalari kelishgan, deb urushga olaverishgan birvarakayiga... Shaharda tayyorgarlik bosqichini o‘tayotganda o‘qdori berilmagan, ular yog‘och miltiq bilan tayyorgarlik o‘tashgan. Urush paytida miltiq yetishmagan, kim nemisni o‘ldirsa, borib uning o‘qdorisini olib, urushga kiradi deyilgan bizga...

Xullas biz joylashgan o‘rmondan sal 300 metr narida daraxtzor bo‘lib, u yerda nemislar bor ekan.  Yigitlar sho‘x, nemislar qanaqa bo‘larkan deb qiziqib, yotgan joyidan turib yurgan vaqtida ko‘z o‘ngimiza nemis snayperchilari ulardan uchtasini otib, o‘ldirib yuborgan.

Bir ozdan so‘ng esa nimadir gumburlab, nemislarning o‘zi aravasi, otlari bilan osmonga ko‘tarilib tushdi. Keyin bilsak, o‘zining minasiga o‘zi tushib, porlagan ekan, ba’zilari stolbaga osilib qolgan...

Muzikanti Minoboroni Uzbekistana poyut pesni v metro Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
"Katushadan" "Smuglyankagacha": Toshkent metrosida urush yillari qo‘shiqlari jarang sochdi

Ustimizga safida vlasovchilar bostirib kelganda biznikilar ulardan 200 tasini asir olib, qochib ketmasligi uchun oyoq qo‘lini bog‘lanib, rahbariyatga topshirgan.

Chexoslovakiyada oziq-ovqatdan muammoimiz bo‘lmagan. U yerga yetib borganimizda Chexoslovakiya xalqi har xil pishiriqlar, tuxum va boshqa yeguliklar bilan bilan bizni siylashgan. So‘ng u yerdan Polshaga olib kelishdi. U yerda deyarli yarim yil turdik, keyin “shkolniy gorod” degan joyga olib kelishib, bizni Nikolay davrida qurilgan saroylar bo‘lgan joylarga joylashtirishdi. Bu yer ham sovuq edi. Bechora qishloq aholisi qo‘rqib, o‘tin terib kelisholmas ekan, uylari sovuq...

Sizlarga yordam berishadi, shu yigitlarga qarab turinglar, biz ham sizlarga yordam beramiz deya, bizning safimizdan 15 kishini shu qishloqqa tashlashdi. Qishloq aholisi rozi bo‘lishib, biz ularning uyidan panoh topganmiz, ular nima yeb ichsa, biz ham shuni yech ichganmiz.

Bechora qishloq odamlari juda xursand bo‘lishib, bizni yaxshi boqishgan. Bir kuni harbiy qismimizga qishloq ichidan bir necha odamlar shikoyat qilib kelib, "yigitlaring bizni bezovta qildi, bola-chaqam, xotinimni, qizlarimni bezovta qildi", deyishgan. O‘shanda o‘sha qishloqqa kirib aholini bezovta qilgan soldatlar otishga hukm qilingan, ayb o‘zlarida bo‘lgan-da. Shunaqa hunarlar ko‘rsatadiganlari ham tez-tez uchrab turardi safimizdagi yigitlar orasida.

Seremoniya peredachi kopii Znameni Pobedi Novosibirskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
MDH davlatlaridan o‘tadigan "G‘alaba estafetasi" O‘zbekistongacha keladi

Keyin 2-mayda pushkalar otilib, 15-mayda g‘alaba bo‘ldi. Keyinchalik 9-may rasman g‘alaba kuni deb e’lon qilingan.

Shunday qilib, men va safdoshlarim ana shu ko‘rgiliklarini boshimizdan kechirganmiz. Urush tugashi arafasida bo‘lsa-da, nemislar qo‘lida bo‘lgan sotqinlar, urushdan tirik qolgan nemislar bilan jang qilganmiz.

Toshkentda urushdan avval 1937-yillarda ocharchilik bo‘lgan. Mana shu Toshkent shahrida ham tobutga o‘xshagan "o‘ris arava" bo‘lardi. Erta azonda soat 5:00 larda turib, aravakashlar chiqib ketardi va ko‘chada sovuqdan, ochlikdan halok bo‘lgan odamlarning o‘lgan jasadlarini olib ketishardi".

Yangiliklar lentasi
0