04:14 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
750 0 0

Kompaniya narxlarni qayta koʻrib chiqish qarori narxlar konʼyunkturasi, shuningdek, ichki va tashqi bozordagi umumiy makroiqtisodiy vaziyatning oʻzgarishiga bogʻliqligini maʼum qildi.

TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. UzAuto Motors avtomobillarning chakana narxlari yangilangani boʻyicha rasmiy maʼlumot berdi.

“UzAuto Motors kompaniyasi narxlarni qayta koʻrib chiqish qarori narxlar konʼyunkturasi, shuningdek, ichki va tashqi bozordagi umumiy makroiqtisodiy vaziyatning oʻzgarishi bilan bogʻliq ekanligini maʼlum qiladi”, - deyilgan xabarda.

2020 yilning 4 martiga qadar shartnoma imzolagan xaridorlar uchun shartnomadagi barcha shartlar saqlab qolinadi.

Xabarda taʼkidlanishicha, 2017 yilning sentyabr oyida soʻngi marta avtomobil narxlari oʻzgarganidan buyon dollarning soʻmga nisbatan ayriboshlash kursi oʻsgan, xom ashyo narxlari, kommunal xizmatlar tariflari, transport xizmatlari narxlari oshgan.

Bundan tashqari, avval soliq imtiyozlariga ega boʻlgan UzAuto Motors kompaniyasi 2019 yilning oktyabr oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq soliqlarni umumiy asoslarda, jumladan QQS boʻyicha toʻlashni boshladi.

2019 yilda kompaniya 2,5 trln. soʻm soliq toʻlagan boʻlsa, joriy yil uchun esa ushbu koʻrsatkich 4,2 trln. soʻmni tashkil qilishi kutilmoqda.

Yaqin kelajakda kompaniyaning oʻzi uchun belgilagan ustuvor yoʻnalishlardan biri bu soʻngi vaqtda amaliyotda keng qoʻllanilayotgan isteʼmolchilar uchun ajratiladigan avtokredit va muddatli toʻlov tizimlarini yanada rivojlantirishdir.

"Ushbu yoʻnalish banklar bilan yaqin hamkorlikni koʻzda tutadi. UzAuto Motors avtomobil kreditlarini rivojlantirishga tayyor boʻlgan banklar bilan hamkorlik uchun doim ochiq", - deyiladi xabarda.

"Oʻzbekiston avtomobil bozorini global isloh qilish doirasida, sogʻlom raqobatbardosh ekotizimni yaratish maqsadida "Oʻzavtosanoat" yaqin kelajakda masʼul davlat organlari tomonidan koʻrib chiqiladigan Oʻzbekiston bozoriga olib kiriladigan xorijiy avtomobillarga bojxona toʻlovlarini kamaytirish tashabbusi bilan chiqdi. Ichki bozorda raqobatning kuchayishi UzAuto Motors kompaniyasining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirishga, kompaniyaning raqobatbardoshligini, shuningdek ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning sifati va hammabopligini oshirishga imkon beradi", - deya xulosa qilgan kompaniya.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha UzAuto Motors kompaniyasi 9 martdan avtomobillar uchun yangi narxlarni eʼlon qilgan edi. Unga koʻra, avtomobillar narxi turiga qarab 3 foizdan 21 foizgacha oshgan. Bu jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab boʻldi va ular hatto ijtimoiy tarmoqlarda kompaniyaga qarshi fleshmob boshlab yuborishdi.

Asosiy mavzular