13:08 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
38210

Tashabbus doirasida Orol dengizining qurigan tubidagi 100 gektar maydonga 100 000 dona saksovul koʻchatlari ekiladi.

TOSHKENT, 11 mar - Sputnik. Joriy yilning 11 mart kuni BMT Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi qoshidagi Akselerator laboratoriya tomonidan kraudfanding tashabbusiga start berildi.

Mazkur tashabbus Greyen Aral Sea – Orol dengizi tubini koʻkalamzorlashtirishga qaratilgan. Bu haqda Oʻrmon Xoʻjaligi Davlat qoʻmitasi axborot xizmati maʼlum qilmoqda. 

Tashabbus doirasida Orol dengizining qurigan tubidagi 100 gektar maydonga 100 000 dona saksovul koʻchatlari ekiladi, Orol fojiasining oqibatlarini bartaraf etish va hududda yashovchi aholi turmush darajasini yaxshilashga hissa qoʻshiladi.

Kelajakda qurigan dengiz tubida yashil oʻrmon qoplamasi hududining kengayishi, bioxilmaxillikning ortishi, turmush sharoitlarning yaxshilanishi va barqaror daromad olish uchun yangi manbalar yaratilishi koʻzda tutilgan.  

“Afsuski, biz dengizga suvni qaytarib fojiani orqaga qaytara olmaymiz. Lekin biz qilishimiz mumkin boʻlgan ish, bu odamlarda kelajak uchun umid yaratishdir. Biz butun dunyo boʻylab ushbu fojia haqida xabardorlikni oshirgan holda global hamjamiyat yordami bilan zaharli qumlar makoni boʻlgan choʻlni saksovul daraxtlarining yashil oʻrmoni bilan qoplashimiz mumkin,” – deb taʼkidlaydi Akselerator laboratoriya mutaxassisi Farida Ahmatiy.

Orol dengizi oʻz vaqtida kattaligi boʻyicha dunyoda toʻrtinchi koʻl boʻlgan. Oxirgi oʻn yilliklarda dengiz oʻz hajmining 90% ini yoʻqotib Orolqum dengiziga aylanib qolgan. Falokat mahalliy aholining sogʻligʻi, iqtisodiy holati va hududdagi bioxilmahillikka fojiaviy taʼsir koʻrsatgan.

Asosiy mavzular