10:13 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (887)
967 0 0

Loyihalar tanlov talablariga qatʼiy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, koʻchirmachilikka yoʻl qoʻyilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi boʻyicha dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Innovatsion rivojlanish vazirligi respublikada COVID-19 koronavirusga qarshi samarali kurashish, kasallikning kirib kelishini oldini olish maqsadida amaliy loyihalar tanlovini eʼlon qildi.

Loyiha mavzulari:

  • “Koronavirusli infektsiyalar patogenezini chuqur tahlili asosida ularga qarshi kurash va davolash texnologiyasini yaratish” boʻyicha bajarilishi ikki yilga moʻljallangan amaliy loyiha (umumiy moliyalashtirish hajmi – 2,0 mlrd soʻm);
  • “COVID-19 koronavirus shtammlarini aniqlash uchun molekulyar-genetik diagnostikum yaratish” boʻyicha bajarilishi bir yilga moʻljallangan amaliy loyiha (umumiy moliyalashtirish hajmi – 1,5 mlrd soʻm).

Muhim shartlar: Qogʻoz shaklda taqdim etilgan loyihalar ilmiy-tadqiqot institutlarining ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, oliy taʼlim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlari tomonidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari imzolagan yoʻllanma xati asosida qabul qilinadi.

Elektron roʻyxatdan oʻtkazilgan loyihalar 2020 yilning 15 apreliga qadar vazirlik binosida qabul qilinadi.

Batafsil maʼlumot Innovatsion rivojlanish vazirligi saytida keltirilgan.

Oʻzbekiston yangi koronavirusning hududiga kirib kelishini olish maqsadida turli choralar koʻrmoqda.

Bugungi kunda mamlakat koronavirus keng tarqalgan Janubiy Koreya, Italiya, Yaponiya, Eron, Ispaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya mamlakatlar bilan vaqtincha avialoqalarni toʻxtatib qoʻygan.

UzAirways kompaniyasi oʻnlab davlatlarga reyslarni bekor qildi.
Qolaversa, qator xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari keyinga qoldirilgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (887)

Asosiy mavzular