11:58 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
141 0 0

Oʻzbekiston Toshkentdagi metropoliten yer usti liniyasi uchun “Metrovagonmash” AJdan 10 ta harakatlanuvchi tarkib vagonlarini xarid qilmoqchi.

TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Toshkent shahridagi metropoliten yer usti liniyasi uchun 10 ta harakatlanuvchi tarkib vagonlarini xarid qilmoqchi.

Prezidentning tegishli farmoyishi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan.

Loyiha tashabbusi “Oʻzbekiston temir yoʻllar” AJ tomonidan bildirilgan. Vagonlarni “Metrovagonmash” AJdan xarid qilish rejalashtirilmoqda.

Quyidagilar loyihani moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:

- Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 10 yil muddatga, shu jumladan 3 yil imtiyozli muddat bilan beriladigan, 6 oylik LIBOR stavkasiga teng foiz stavkasi plyus yillik 1,5 foizli, shartnoma qiymatining 15 foiz miqdoridagi krediti;

- Rossiyaning “Taraqqiyot va tashqi iqtisodiy faoliyat banki” davlat korporatsiyasining Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan, 10 yil muddatga, shu jumladan, 3 yil imtiyozli muddat bilan beriladigan, yillik 2,5 foizli foiz stavkasi bilan, qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,5 foiz miqdorida marjasini qoʻshgan holda, shartnoma qiymatining 85 foiz miqdoridagi krediti;

- Oʻzbekiston davlat byudjetidan bojxona rasmiylashtirish xarajatlarini toʻlash uchun 0,22 million yevro ekvivalentidagi ajratilayotgan mablagʻlar.

Ushbu poyezdlar yangi texnik yechimlar asosida qurilgan boʻlib ular elektr energiyasini 35 %gacha  tejaydi. Uchinchi avlod sinxron tortuvchi dvigatellar ekspluatatsiya xarajatlarini 40 %gacha qisqartiradi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda yangi metro poyezdlari taqdim etilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular