20:21 25 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
644 0 0

Oʻzbekistonning diplomatik vakolatxonalari xorijda qolib ketgan vatandoshlarga charter aviareyslar bilan vatanga qaytishlarida koʻmaklashadi.

TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Oʻzbekistonning diplomatik vakolatxonalari xorijda qolib ketgan vatandoshlarga charter aviareyslar bilan vatanga qaytishlarida koʻmaklashadi. Fuqarolar vatanga qaytishlari bilan 14 kun davomida karantinda boʻlishlari shart. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston TIV, elchixonalar va konsullik muassasalarida mamlakatning xorijdagi fuqarolari murojaatlariga tezkorlik bilan javob berish uchun Operativ shtablar tuzilgan.

Vazirlik xorijdagi Oʻzbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan oʻtish taqiqlanmasligini eslatib oʻtgan.

Davlatdan tashqariga chiqish boʻyicha vaqtincha taqiq Oʻzbekiston fuqarolariga tegishli boʻlib, hozirda mamlakatda boʻlib turgan xorijiy fuqarolarga nisbatan qoʻllanilmaydi.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi
Operativ shtab telefonlari: +998 71 233 28 28, +998 97 136 51 51 (mobil)
Call center – 1164
Telegram: +99897 136 51 51
TIV elektron pochtasi: info@mfa.uz.

2020 yil 16 martdan Oʻzbekistonga chet el fuqarolarining kiritmaslik toʻgʻrisidagi qarorning kuchga kirganligi munosabati bilan elektron koʻrinishdagi vizalarni rasmiylashtirish va berish tizimi faoliyati, ularni xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda berilishi toʻxtatildi.

Diplomatik vakolatxonalarga xorijlik sheriklarga oʻz fuqarolarini Oʻzbekistondan vatanlariga olib chiqib ketishga koʻmaklashish uchun hukumat tomonidan barcha choralar koʻrilishini yetkazish toʻgʻrisida topshiriq berildi.

Oʻz navbatida, Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi hozirda Oʻzbekistondan Rossiya fuqarolarini olib chiqib ketish uchun maxsus bort tashkillashtirilayotganini maʼlum qildi. Elchixona Oʻzbekistonni tark etmoqchi boʻlganlarning roʻyxatini tuzmoqda. Toʻldirilgan soʻrov varagʻini konsullik boʻlimining quyidagi elektron manziliga consul.tashkent@mid.ru yuborish mumkin.

Asosiy mavzular