07:54 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
656 0 0

Elchixona vatandoshlarni vahimaga berilmaslik va xotirjamlikka chorlab, yangi virus bilan kasallanishning oldini olish uchun muhim tavsiyalarga amal qilishlarini soʻradi.

TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Oʻzbekiston elchixonasi Rossiyadagi fuqarolarga murojaat qildi va muhim tavsiyalarga amal qilishlarini soʻradi.

Isteʼmolchilar huquqlarini va inson farovonligini himoyasi nazorat qilish boʻyicha federal xizmat (Rospotrebnadzor) axborotiga koʻra, Rossiya huzuridagi koronavirus infektsiya bilan kasallanish boʻyicha bir nechta holat qayd etilgan.

Oʻzbekiston elchixonasi va bosh konsulliklari tomonidan Rossiyaning vakolatli markaziy va hududiy organlari bilan aloqalar oʻrnatilgan va doimiy muloqot olib borilmoqda, koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat doimiy kuzatuv ostiga olindi.

2020-yil 16-mart holatiga koʻra Rossiyada yangi infektsiya bilan kasallanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari qayd etilmagan.

Elchixona vatandoshlarni vahimaga berilmaslik va xotirjamlikka chorlab, yangi virus bilan kasallanishning oldini olish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilishlarini soʻradi:

  • jamoat joylari: savdo markazlari, sport va boshqa ommaviy tadbirlarga borishdan tiyilish, tigʻiz vaqtda jamoat transportidan foydalanmaslik;
  • jamoat joylarida bir martalik tibbiy niqobdan (respirator) foydalanish va uni har 2-3 soatda almashtirish;
  • oʻtkir respiratorli virus infeksiyasiga (ORVI) oid sezilarli belgilar (yoʻtal, aksirish, burundan suv oqishi) bor insonlar bilan bir xonada boʻlish va yaqin aloqaga yoʻl qoʻymaslik;
  • koʻchadan qaytganda, begona odamlar bilan muloqot qilingandan soʻngi qoʻllarni suv va sovun orqali yuvish;
  • gadjetlar, kompyuterlar va boshqa texnika, shuningdek, doimiy foydalanadigan mebellarni muntazam ravishda dezinfektsiyalash;
  • imkon darajasida qoʻl berib koʻrishish va quchoqlashuvlardan voz kechish;
  • faqat oʻzingizniki boʻlgan shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalanish (sochiq, tish tozalash vositalari);
  • imkon darajasida koʻz, burun va ogʻizni qoʻl bilan ushlamaslik;
  • epidemiologik vaziyat yomon boʻlgan mamlakatlarga safarga qilishdan voz kechish;

Tibbiyot mutaxassislarining maʼlumotlariga qaraganda, koronavirus infektsiya bilan kasallanishning asosiy belgilari tananing yuqori harorati, bosh ogʻrigʻi, zaiflik, yoʻtal, nafas olishning qiyinlashuvi, mushaklarda ogʻriq, koʻngil aynishi va qayt qilish hamda ich ketishi hisoblanadi. Kasallik bilan bogʻliq belgilar yuzaga kelgan taqdirda, zudlik bilan 103 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilib, tez tibbiy yordam chaqirish lozim.

Mavzuga doir qoʻshimcha axborotlarni Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasi hamda Vladivostok, Yekaterinburg, Kazan, Novosibirsk, Rostov-na-Donu va Sankt-Peterburg shaharlaridagi bosh konsulxonalari huzurida tashkil etilgan Ishchi guruhlarga qoʻngʻiroq qilib olish mumkin.

Oʻzbekiston TIV Operativ shtabi Operativ shtab telefonlari: +998 71 233 28 28, +998 97 136 51 51 (mobil)

Call center: – 1164

Telegram:: +99897 136 51 51

TIV elektron pochtasi: info@mfa.uz

Asosiy mavzular